1-§. Direktor Lavozim vazifalari


Download 116.58 Kb.
bet2/32
Sana17.02.2023
Hajmi116.58 Kb.
#1206885
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
LAVOZIM VAZIFALAR KHM

t/r

Lavozim nomi

MMSK
boʻyicha kodi

Xodimlar toifasi

Taʼlimning eng past darajasi

476

Direktor

1120

Boshqaruv

O/M



2-§. Direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari


Lavozim vazifalari:
Oʻquv jarayonini tashkil qilish, taʼlim standartlarida belgilangan oʻquv reja va dasturlarning bajarilishini taʼminlash, pedagogik jamoaning oʻquv-uslubiy ishlarini boshqarish;
oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining ilgʻor pedagogik tajribasini oʻrganish, pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish;
pedagogik kengashga rahbarlik qilish, pedagog xodimlarga metodik yordamlarni tashkil qilish, oʻqituvchilarning yillik ish rejalarini bajarilishini nazorat qilish;
oʻqituvchilar faoliyatining tasdiqlangan rejalariga mos ravishda ish vaqti hisobini olib borish, darslar, imtihonlar jadvali va boshqa oʻquv tadbirlarini ishlab chiqish;
kasb-hunar maktabida nazorat ishlarini tashkil etish, taʼlim standartlari talablari bajarilishining, oʻquvchilarning oʻzlashtirishi va xulqining monitoringini amalga oshirish, fakultativ mashgʻulotlar va fanlar toʻgaraklarining ishlashini tashkil qilish;
oʻquv xonalarini oʻquv qoʻllanmalar, adabiyotlar, jurnallar va boshqa axborot materiallari bilan taʼminlashda koʻmaklashish, fanlar boʻyicha ochiq dars ishlanmalari, qoʻllanmalar ishlab chiqish va yosh mutaxassislarga uslubiy yordamlar tashkil etish;
guruh rahbarlari faoliyatiga rahbarlik qilish, oʻquv ishlari holati va natijalari toʻgʻrisida hisobotlarni tuzish, ota-onalar bilan hamkorlikni tashkil etish;
oʻqituvchilarning malakalarini oshirish boʻyicha ishlarini tashkil etish, oʻquv mashgʻulot jurnallarining yuritilishi va saqlanishini nazorat qilish;
xavfsizlik texnikasi qoidalariga, sanitariya-gigiyena tartibiga, pedagogik xodimlar mehnatini va oʻquvchilarni muhofaza qilish qoidalari talablariga rioya qilishni taʼminlaydi.
Bilishi kerak:
kasb-hunar maktabi faoliyatini tashkil etish va yaxshilashga oid boʻlgan oʻquv-meʼyoriy hujjatlarni va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarini;
taʼlim standartlari talablari va uning mazmunini, ilgʻor pedagogik texnologiyalar va ularni tatbiq etish metodlarini;
kasb-hunar maktabi faoliyati va uni rivojlantirishning pedagogik va iqtisodiy asoslarini;
jamoani boshqarishning samarali usullarini, xodimlarni maʼnaviy va moddiy ragʻbatlantirish tizimlari va metodlarini;
pedagog xodimlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish usullari, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibini;
sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilishni taʼminlash qoidalarini;
kasb-hunar maktabi va oʻqituvchilar faoliyatini tahlil qila olishni, muammolarini aniqlashi va ularni hal qilishning samarali yoʻllarini topishni;
metodik tavsiyalar, oʻquv rejalari va dasturlar, qoidalar, nizomlar, lavozim yoʻriqnomalarini ishlab chiqishni, ishlab chiqarish majlislari va suhbatlar oʻtkazishni;
kasb-hunar maktabi faoliyatini zamonaviy texnologiyalar asosida monitoring qilishni, oʻquv jarayonida ilgʻor pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni qoʻllashni;
pedagogik jamoada qulay psixologik muhit yaratishni.
Malaka talablari:
Oliy maʼlumot, taʼlim tizimida (pedagogik, oʻquv-tarbiyaviy, oʻquv-uslubiy, boshqaruv faoliyati) 3 yildan kam boʻlmagan amaliy ish staji.
ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega boʻlgan shaxslarga ish staji talab etilmaydi.
xorijiy tillardan birining boshlangʻich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi.
Klassifikator boʻyicha:


Download 116.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling