1-§. Direktor Lavozim vazifalari
Download 116.58 Kb.
|
LAVOZIM VAZIFALAR KHM
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-§. Direktorning yoshlar bilan ishlash boʻyicha oʻrinbosari Lavozim vazifalari
- Bilishi lozim
- Malaka talablari
3-§. Direktorning yoshlar bilan ishlash boʻyicha oʻrinbosari Lavozim vazifalari: Taʼlim muassasasida yoshlar bilan ishlash, maʼnaviy-axloqiy tarbiyaviy ishlarni tashkil qiladi, maʼnaviy-axloqiy tarbiyaviy ishlar boʻyicha yillik ish rejani ishlab chiqadi, yoshlar yetakchisi, psixolog, guruh rahbarlarining, tarbiyachilarning, axborot kutubxona xodimlarining, jismoniy tarbiya va chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik rahbarlari hamda tibbiyot xamshirasining ish rejalarining bajarilishini nazorat qiladi. Ijtimoiy-gumanitar va tarbiya fanlari boʻyicha taʼlim standartlarini bajarilishini nazorat qiladi, oʻquvchilar davomatini olib boradi, tarbiyasi ogʻir oʻquvchilar bilan ishlaydi, sport seksiyalari va fan toʻgaraklarining faoliyatini, darsdan tashqari, ommaviy-maʼrifiy ishlar va sayoxatlarni tashkil etadi, milliy anʼanalar, tarixiy qadriyatlar va buyuk ajdodlar timsolida oʻquvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish hamda masʼuliyat va ijodiy faoliyatini rivojlantirish ishlarini tashkil qiladi. Oʻquvchilar turar joyida oʻrnatilgan tartib-qoidalarga amal qilinishini tashkil etadi “Maʼnaviyat va maʼrifat xona” lari faoliyatiga rahbarlik qiladi. Yoshlarni milliy gʻoyaga sadoqat ruhida tarbiyalash, ular oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, huquqbuzarlik, jinoyatchilik, diniy ekstremizm, aqidaparastlik va turli xil diniy oqimlarga oʻquvchi-yoshlarni kirib qolishlarini oldini olishga qaratilgan tadbirlar, uchrashuvlar va davra suxbatlari oʻtkazilishini taʼminlaydi. Mamlakatimizda nishonlanadigan muhim bayram sanalariga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil etilishini taʼminlash, ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda kasb-hunar maktabi faoliyati va maqsadlarini keng yoritib boradi. Oʻquv va boshqa xonalarini oʻquvchilarning maʼnaviy-axloqiy tarbiyasiga oid masalalarni hal qilishga xizmat qiluvchi koʻrgazmali targʻibot va tashviqot vositalari bilan jihozlashni tashkil qiladi. Guruh rahbarlari faoliyatini tashkil etadi, tarbiyaviy ishlar sifati va natijalarini tahlil qiladi, umumtaʼlim maktablarining 9-sinf oʻquvchilari uchun ochiq eshiklar kunini tashkil etadi, guruh rahbarlariga uslubiy yordam koʻrsatadi, uchrashuvlar va ijodiy kechalar oʻtkazilishini tashkil qiladi, tarbiyaviy ishlarning holati va natijalari boʻyicha hisobotlar tayyorlaydi, ota-onalar va jamoat tashkilotlari, huquq tartibot organlari bilan hamkorlik ishlarini amalga oshiradi, Bilishi lozim: Oʻzbekiston Respublikasining yoshlar taʼlim tarbiyasiga oid Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va farmoyishlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarini, normativ-huquqiy hujjatlarni, boshqaruv psixologiyasini, maʼnaviy-axloqiy tarbiyalash usullarini, xorijiy tillardan birining boshlangʻich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni. Tarbiyaviy tadbirlar ssenariylarini va tarbiyaviy ishlar rejalari, dasturlarini ishlab chiqishni. Malaka talablari: Ijtimoiy va gumanitar fanlar boʻyicha oliy pedagogik maʼlumot, taʼlim tizimidagi (pedagogik, oʻquv-tarbiyaviy, oʻquv-uslubiy, boshqaruv faoliyati) ish staji 3 yildan kam emas. Ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega shaxslarga ish staji talab etilmaydi. Download 116.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling