1-§. Direktor Lavozim vazifalari


Download 116.58 Kb.
bet1/32
Sana17.02.2023
Hajmi116.58 Kb.
#1206885
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
LAVOZIM VAZIFALAR KHM



Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2021-yil __________dagi
_______-son buyrugʻiga 3-ilova


KASB-HUNAR MAKTABI


1-§. Direktor


Lavozim vazifalari:
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa qonun osti hujjatlarining toʻliq va sifatli bajarilishini taʼminlash;
kasb-hunar maktabi faoliyatiga, pedagogik kengashga rahbarlik qilish hamda u bilan birgalikda oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etishni rivojlantirish, taʼlim sifatini yaxshilashning asosiy yoʻnalishlarini belgilash;
kasb-hunar maktabining taʼlim faoliyatiga rahbarlik qilish;
umumtaʼlim muassasalarining 9-sinf bitiruvchilari hisobidan shakllantirilgan guruhlarda 2 yillik umumtaʼlim va mutaxassislik fanlarining integratsiyalashgan dasturlari asosida taʼlim jarayonini kunduzgi taʼlim shaklida amalga oshirish;
mehnat qonunchiligi hamda jamoada sogʻlom maʼnaviy-ijodiy muhitni shakllantirish boʻyicha faoliyat yuritish;
kasb-hunar maktabining yillik va oylik ish rejalarini tasdiqlash, ish rejalarini va oʻqituvchilar tomonidan oʻquv rejalarining bajarilishini nazorat qilish;
ish beruvchilar talab va takliflariga asosan kadrlarga boʻlgan real ehtiyojni inobatga olgan holda, iqtisodiyot soha va tarmoqlari uchun zarur boʻlgan malakali mutaxassislarni tayyorlash;
oʻquvchilarning muntazam ravishda bilim olishlarini tashkillashtirish, oʻquv jarayoniga nisbatan mukammal va samarali pedagogik texnologiyalarning qoʻllanishiga rahbarlik qilish;
kasb-hunar maktabining resurslarini boshqarish;
vakolat doirasida moliyaviy va xoʻjalik masalalarini hal etish, byudjet va byudjetdan tashqari moliyaviy mablagʻlarni shakllantirish va ulardan samarali foydalanish, mehnat, ishlab chiqarish, ijro intizomi va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilinishini taʼminlash;
oʻquv jihozlari, qurilmalari va boshqa taʼlim vositalarining saqlanishini taʼminlash, maktab moddiy-texnika bazasini rivojlantirish ishlarini tashkil etish;
pedagog xodimlarga boʻlgan ehtiyojni aniqlash, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishni amalga oshirish, pedagogik xodimlar attestatsiyasini tashkil qilish hamda mehnat va ishlab chiqarish intizomiga rioya qilinishini taʼminlash;
xodimlarga mehnat va malakasini oshirish uchun sharoitlar yaratish, maktab faoliyati boʻyicha hisobotlar tuzish, buyruqlar chiqarish hamda maktab xodimlari vazifalari, majburiyatlarini belgilash, ular orasidagi eng fidokorlarini ragʻbatlantirish, oʻz vakolati doirasida intizomiy jazo choralarini qoʻllash;
oʻquvchilarni qabulini, kursdan kursga oʻtishini, tashkilot va muassasalar bilan oʻquvchilarning oʻquv va ishlab chiqarish amaliyotini oʻtkazish, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari bilan taʼminlash ishlarini tashkil etish;
ota-onalar, mahalla, jamoat va homiy tashkilotlari bilan oʻquv-tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish boʻyicha hamkorlikni tashkil qilish;
oʻquvchilarni eng yaxshi milliy anʼanalar, urf-odatlar boʻyicha tarbiyalashga, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uygʻunlashtirish asosida yuksak maʼnaviy-axloqiy sifatlarni, vataniga va xalqiga sodiq fuqaroni shakllantirishga rahbarlik qilish;
kasb-hunar maktabi faoliyatiga qoʻyilgan sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya etishni taʼminlash;
davlat hokimiyati, mahalliy oʻz-oʻzini boshqarish organlari, ish beruvchilar va ish beruvchilarning birlashmalari, jamoat va boshqa tashkilotlar bilan munosabatlarda kasb-hunar maktabi manfaatlarini ifoda etish;
direktor maʼmuriyat faoliyati natijalari boʻyicha pedagogik kengash va Kasb-hunar taʼlimini rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi hamda vazirlikka hisobot berish;
direktor kasb-hunar maktabining faoliyati natijalari uchun shaxsan javob berish lavozim vazifalari yuklatiladi.
Bilishi kerak:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmon va farmoyishlarini, taʼlimga oid Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarini, normativ-huquqiy hujjatlarni, taʼlim standartlari talablari va mazmunini;
kasb-hunar maktabi faoliyati va uni rivojlantirishning iqtisodiy asoslarini, jamoani boshqarishning samarali usullarini;
kasb-hunar maktabini rivojlantirish dasturini amalga oshirishga rahbarlik qilish (boshqarish)ni;
oʻquv va tarbiya sifati, taʼlim standartlari talablarini joriy qilish natijalari bilan bogʻliq holda xodimlarni maʼnaviy va moddiy ragʻbatlantirish tizimlari va metodlarini;
kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish usullari, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibini;
pedagogika, psixologiya, bolalar fiziologiyasi, oʻquv muassasasi faoliyatiga qoʻyilgan sanitariya-gigiyena talablari, xavfsizlik texnikasi va yongʻin xavfsizligini taʼminlash qoidalarini;
kasb-hunar maktabi va oʻqituvchilar faoliyatini tahlil qila olish, muammolarini aniqlashi va ularni hal qilishning samarali yoʻllarini topishni;
kasb-hunar maktabini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish, taʼlim muassasasini boshqarishning tashkiliy tarkibini tuzish, shartnomalar tuzishni;
kasb-hunar maktabining ishlab chiqarish faoliyatini boshqarishni;
pedagogik jamoada qulay psixologik muhit yaratishni.
Malaka talablari:
Oliy maʼlumot, taʼlim tizimida (pedagogik, oʻquv-tarbiyaviy, oʻquv-uslubiy, boshqaruv faoliyati) 3 yildan kam boʻlmagan amaliy ish staji;
ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega boʻlganda ish staji talab etilmaydi;
xorijiy tillardan birining boshlangʻich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi.
Klassifikator boʻyicha:


Download 116.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling