1-§. Direktor Lavozim vazifalari
Download 116.58 Kb.
|
LAVOZIM VAZIFALAR KHM
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8-§. Psixolog Lavozim vazifalari
- Bilishi kerak
- Malaka talablari
8-§. Psixolog Lavozim vazifalari: oʻquvchilarning muassasalarda tarbiyalash va oʻqitish jarayonida ruhiy, jismoniy va ijtimoiy farovonligini muhofaza qilishga yoʻnaltirilgan kasbiy faoliyatni amalga oshirish; Bola huquqlari toʻgʻrisidagi Konvensiyaga muvofiq shaxs huquqlarini himoya qilishga koʻmaklashish, kasb-hunar maktabi ijtimoiy sohasini uygʻunlashtirishga koʻmaklashish va ijtimoiy jihatdan koʻnika olmaslik hollari yuzaga kelishining oldini olish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish; kasb-hunar maktabining meʼyoriy-uslubiy hujjatlariga mos holda ijtimoiy-psixologik xizmatni tashkil qilish, oʻquvchilarga maxsus metodikalar asosida psixologik-pedagogik va ijtimoiy-psixologik tashxis qoʻyish, oʻquvchi shaxsini rivojlanishiga taʼsir qiluvchi omillarni aniqlash; oʻquvchilar rivojlanishiga toʻsqinlik qilayotgan omillarni aniqlash va turli koʻrinishdagi psixologik yordam (psixokorreksiya, reabilitatsiya va maslahat) berish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish, oʻquvchilar, ota-onalar (qonuniy vakillar), pedagogik jamoaga aniq muammolarni hal qilishda yordam berish; turli yoʻnalish va maqsadlardagi psixologik diagnostikani oʻtkazish, ruhiy, jismoniy va aqliy, qobiliyat, moyillik, imkoniyat kabi sifatlarni aniqlash uchun testlar oʻtkazish, test natijalarini tahlil qilish va baholash; oʻqituvchilar jamoasi va ota-onalarga oʻquvchilarning shaxs va ijtimoiy jihatdan rivojlanishi muammolari boʻyicha yoʻnalish berish maqsadida oʻrganish natijalariga koʻra psixologik-pedagogik xulosa tuzish; oʻquvchilar shaxsining individual va yoshi, jinsini hisobga olib taʼlim faoliyatini rivojlantiruvchi va tuzatuvchi dasturlarni rejalashtirish va ishlab chiqishda ishtirok etish, ularda hayotiy va kasbga yoʻnalish olishning turli vaziyatlariga moslashuvchanlikka tayyorgarlikni rivojlantirishga koʻmaklashish; iqtidorli oʻquvchilarni psixologik jihatdan qoʻllab-quvvatlash, ularning rivojlanishi va izlanishlariga koʻmaklashish; oʻquvchilarning rivojlanishidagi (aqliy, jismoniy, hissiy), turli koʻrinishdagi ijtimoiy rivojlanishidagi muammosini aniqlash va ularni psixologik-pedagogik jihatdan tuzatishni amalga oshirish; oʻquvchilarning yoshi bilan bogʻliq, psixologik va jismoniy rivojlanishini hisobga olgan holda foydalanilayogan pedagogik texnologiyalar, oʻqitish uslublari va vositalarining imkoniyatlari va cheklovlarini tahlil qilish; taʼlim dasturlarini amalga oshirishning barcha darajalariga nisbatan taʼlim jarayonini tashkil etishning mazmuni va shakllarini izchilligini taʼminlovchi taʼlim muxitini loyihalashtirish boʻyicha psixologik tavsiyalarni ishlab chiqish; zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalangan holda taʼlim dasturini oʻzlashtirishning shaxsiy va metapredmet natijalarini monitoringini oʻtkazish; pedagog va maʼmuriy xodimlar, oʻquvchilarning ota-onalari (qonuniy vakillari)ni psixologik-pedagogik kompetentliligini rivojlantirishga qaratilgan qoʻshimcha taʼlim dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; oʻquvchilarning yoshi bilan bogʻliq, psixologik va jismoniy xususiyatlariga muvofiq ravishda individual oʻquv rejalar ishlab chiqish, taʼlim va tarbiyaning eng maqbul pedagogik texnologiyalarini tahlil qilish va tanlash; oʻquvchilar, pedagogik jamoa, ota-onalarning psixologik va jinsiy tarbiya madaniyatini shakllantirish; oʻquvchilar, pedagogik xodimlar, ota-onalarning ijtimoiy-psixologik xabardorlik darajasini oshirishga yoʻnaltirilgan psixologiyani amalda qoʻllash, kasb-hunar maktabining rivojlanishi masalalarida maslahatlar berish. Korreksion psixologik jarayonda guruhiy terapiyaning samaradorlik darajasining yuqori yekanligini hisobga olgan holda psixologik treninglar oʻtish malakasiga yega boʻlish. Bilishi kerak: Taʼlimga oid Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlarini, “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonunini; umumiy va ijtimoiy psixologiya, yosh psixologiyasi, tibbiyot psixologiyasi, bolalar neyropsixologiyasi asoslarini, jamoadagi ijtimoiy-psixologik muhitga taʼsir koʻrsatuvchi omillarni; psixodiagnostikaning nazariyasi, metodologiyasi, psixodiagnostik uslublarning tasnifi, ularning imkoniyatlari va cheklovlari, ularga qoʻyiladigan talablar; psixodiagnostika yutuqlarini, individual farq psixologiyasini, defektologiya asoslarini, psixoterapiya, psixogigiyena, kasbga yoʻnaltirish va mehnat psixologiyasini; tashxislash metodologiyasi va metodikasini, psixopatologiya, individual va guruhlar boʻyicha kasbga maslahat berishning zamonaviy metodlarini, oʻquvchining meʼyoriy va notoʻgʻri rivojlanishini tashxislash va tuzatishni, xulq etikasi va madaniyatini; taʼlim dasturlarini oʻzlashtirishda, rivojlanishda va ijtimoiy moslashuvda qiyinchiliklarga duch kelayotgan sogʻligi jixatdan imkoniyati cheklangan shaxslar, oʻquvchilar, jumladan belgilangan tartibda ayblanuvchilar yoki sudlanuvchilar deb tan olingan yoki jinoyat qurboni yoki guvohi boʻlgan voyaga yetmagan oʻquvchilarning xususiyatlarini inobatga olgan xolda kasb-hunar maktabida psixologning vazifalari va tamoyillari; tadqiqot ishlarini oʻtkazish texnologiyasini, tadqiqot natijalarini kompyuterda qayta ishlashni, psixodiagnostikaning dolzarb ilmiy maʼlumotlarini; jamoada ijobiy ijtimoiy-psixologik iqlimni shakllantirish va saqlab turishning zamonaviya nazariyalari, xavfsiz va qulay taʼlim muxitini loyixalashtirish texnologiyalari va usullari; mutaxassislarning “kasbiy charchashi (zoʻriqish)ning” oldini olish nazariyasi va uslublari, pedagogik jamoaning psixologik ortiqcha yuklamasi (zoʻriqishi)ni paydo boʻlishi sabablari, oldini olish va bartaraf etish uslublari; oʻquvchilarning mehnat muhofazasi, sogʻligʻini saqlash, kasbga yoʻnaltirish masalalarini tartibga soluvchi meʼyoriy hujjatlar va ularning ijtimoiy muhofazasini; eng muhim muammolarni aniqlay olishi va ularni hal qilishning samarali yoʻllarini topishni; lavozim majburiyatlari doirasiga kiruvchi masalalar boʻyicha majlislar, suhbatlar oʻtkazish, maslahatlar berishni. Malaka talablari: kamida bakalavr darajasidagi maxsus psixologik yoki oliy pedagogik maʼlumot; amaliy ish staji talab qilinmaydi; xorijiy tillardan birining boshlangʻich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi. Download 116.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling