1-§. Direktor Lavozim vazifalari
Download 116.58 Kb.
|
LAVOZIM VAZIFALAR KHM
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oʻquv metodik boʻlimi 10-§. Boʻlim boshligʻi Lavozim vazifalari
- Bilishi kerak
- Malaka talablari
Oʻquv metodik boʻlimi 10-§. Boʻlim boshligʻi Lavozim vazifalari: boʻlim boshligʻi oʻquv jarayonini tashkil qilish, taʼlim standartlariga muvofiq oʻquv-tarbiyaviy rejalar va dasturlarning bajarilishini taʼminlash; oʻqituvchilarning ilgʻor tajribalarini oʻrganish va umumlashtirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilishni tashkil etish; pedagogik xodimlarga metodik yordamni, jamoaning va oʻqituvchilarning pedagogik faoliyatini tahlil qilishni tashkil qilish va amalga oshirish; oʻqituvchilar faoliyatining tasdiqlangan rejalariga mos ravishda ish vaqti hisobini olib borish, darslar, imtihonlar jadvali va boshqa oʻquv tadbirlarini ishlab chiqish; oʻquv fanlari boʻyicha metodik materiallar ishlab chiqilishini, yosh mutaxassislarga metodik yordam berishni, oʻqituvchilar malakasini, kasbiy mahoratini oshirish ishlarini olib borish, oʻquvchilarning oʻquv yuklamasini takomillashtirish; taʼlim sifatini oshirish maqsadida oʻqituvchilarning malakasini oshirish, taʼlim jarayonida zamonaviy usullar va uslublardan foydalanish samaradorligini tahlil qilish; oʻqituvchilar tomonidan dars mashgʻulotlarini amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga mos ravishda bajarilishini tahlil qilish; ilgʻor pedagoglarni tajribalariga oid materiallarni pedagogik kengashda muhokama qilishga tayyorlash va uni ommalashtirish; boʻlim hujjatlarining toʻgʻri saqlanishi, ularning belgilangan tartibda rasmiylashtirish va arxiviga topshirish; taʼlim muassasasi faoliyatiga qoʻyilgan sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish. Bilishi kerak: muassasa faoliyati va uni rivojlantirishning pedagogik va iqtisodiy asoslarini; taʼlim standartlari talablari va uning mazmunini, ilgʻor pedagogik texnologiyalar va ularni tatbiq etish metodlarini; jamoani boshqarishning samarali usullarini, xodimlarni maʼnaviy va moddiy ragʻbatlantirish tizimlari va metodlarini; pedagog xodimlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish usullari, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibini; kasb-hunar maktabining va oʻqituvchilar faoliyatini tahlil qila olishni, muammolarini aniqlashi va ularni hal qilishning samarali yoʻllarini topishni; metodik tavsiyalar, oʻquv rejalari va dasturlar, qoidalar, nizomlar, lavozim yoʻriqnomalarini ishlab chiqishni, ishlab chiqarish majlislari va suhbatlar oʻtkazishni; kasb-hunar maktabi faoliyatini zamonaviy texnologiyalar asosida monitoring qilishni, oʻquv jarayonida ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalarni qoʻllashni; kasb, mutaxassislikka oid maʼlumotlarni qidirish, toʻplash, saqlash, qayta ishlashning asosiy usullarini; kasb-hunar maktabida rejali faoliyatning prinsiplari, usullari, texnologiyalari, vositalarini; kasb-hunar maktabi faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash mexanizmini; pedagogik jamoada qulay psixologik muhit yaratishni. Malaka talablari: oliy maʼlumot, uch yildan kam boʻlmagan pedagogik ish staji; xorijiy tillardan birining boshlangʻich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi. Download 116.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling