1-§. Direktor Lavozim vazifalari
Download 116.58 Kb.
|
LAVOZIM VAZIFALAR KHM
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xodimlar toifasi Taʼlimning eng past darajasi
- Yoshlar bilan ishlash boʻlimi 12-§. Yoshlar yetakchisi Lavozim vazifalari
- Bilishi kerak
- Malaka talablari
Klassifikator boʻyicha:
Yoshlar bilan ishlash boʻlimi 12-§. Yoshlar yetakchisi Lavozim vazifalari: Oʻzbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisidagi qonunni ijrosiga qaratilgan ishlarni amalga oshirish; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha beshta muxim tashabbusning ijrosiga qaratilgan ishlarni tashkil etish; oʻquvchilarda kitobxonlik hamda mutolaa madaniyatini shakllantirish orqali ularning maʼnaviy dunyosini yuksaltirishga qaratilgan ishlarni tashkil etib borish; oʻquvchilarning madaniy dam olishlariga qaratilgan tadbirlar tashkil etish, ularga ijtimoiy-psixologik yordam koʻrsatishni tashkil etish; pedagog xodimlar va oʻquvchilar oʻrtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik va korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot ishlarini muntazam yoʻlga qoʻyish; ommaviy, madaniy-maʼrifiy va sport-sogʻlomlashtirish tadbirlari va turli musobaqalarni oʻtkazib borish; oʻquvchilarini yurtimiz hamda dunyoda roʻy berayotgan ijtimoiy-siyosiy, madaniy, xususan, yoshlar hayotiga oid voqealar, yangiliklar va qiziqarli maʼlumotlardan tezkor xabardor qilib, ularning vaqtini mazmunli oʻtkazishga moʻljallangan virtual axborot makoni (veb-sayt, portal, forum, messenjerlardagi kanallar va h.k.)ni yaratish va doimiy faoliyat olib borishini taʼminlash; tuman (shahar) voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyasining qarori va koʻrsatmalarining amalga oshirilishini taʼminlash, davlat, nodavlat va homiy tashkilotlar bilan taʼlim-tarbiya sohalarida hamkorlik qilish; sogʻliqni saqlash boʻlimlari bilan hamkorlikda oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi va sogʻlom muhitni targʻib qilish; yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish, intellektual va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga koʻmaklashadigan turli klub va toʻgaraklar faoliyatini tashkil etish; notinch oila farzandlari, tarbiyasi ogʻir va nosogʻlom muhitga tushib qolgan yoshlarning jamiyatga ijtimoiy moslashuvi hamda darslarni muntazam qoldirib kelayotgan oʻquvchilarni taʼlim jarayoniga qaytarishga qaratilgan tizimli ishlar olib borish; kasb-hunar maktabi yoshlari oʻrtasida yoshlar turizmini rivojlantirish, oʻquvchilarning hududga yaqin joydagi tarixiy obidalar, muqaddas qadamjolar, muzeylar, teatrlar, mustaqillik davrida barpo etilgan inshootlarga tashriflarini uyushtirish; yoshlar, ayniqsa qiz bolalar oʻrtasida sportni keng targʻib etish, ularning sportga boʻlgan qiziqishlarini qoʻllab-quvvatlash va turli sport musobaqalarida ishtirok etishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish. Bilishi kerak: Oʻzbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisidagi Qonunni bilishi; boshqaruv qobiliyati, tashkilotchilik, jamoatchilik bilan ishlash va ish yuritish boʻyicha bilim-koʻnikma hamda muayyan ish tajribasiga ega boʻlish; madaniy-ommaviy tadbirlar (koʻrik-tanlovlar, ommaviy va koʻngilochar oʻyinlar, dam olish kechalari, turli muhim sanalarga bagʻishlangan teatrlashtirilgan bayramlar, musobaqalar, tomoshalar va boshqa tadbirlar)ni tashkil etishni; zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ishlashni; yoshlar tarbiyasiga salbiy taʼsir etuvchi buzgʻunchi gʻoya va mafkuralar, maʼnaviy tahdidlar, zararli illatlar haqida yetarli maʼlumot va tasavvurga; mamlakatda olib borilayotgan islohotlar, yoshlarga oid davlat siyosati va taʼlim-tarbiya jarayoniga doir meʼyoriy-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida toʻliq maʼlumotga ega boʻlishi lozim. Malaka talablari: oliy maʼlumot, ish staji talab etilmaydi; xorijiy tillardan birining boshlangʻich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi. Download 116.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling