1-§. Direktor Lavozim vazifalari
Download 116.58 Kb.
|
LAVOZIM VAZIFALAR KHM
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xodimlar toifasi Taʼlimning eng past darajasi
- Bilishi kerak
- Malaka talablari
Klassifikator boʻyicha:
13-§. Axborot-hisoblash tarmogʻi administratori Lavozim vazifalari: kompyuter texnikalari, zamonaviy dasturiy taʼminotlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari resurslardan foydalanishda pedagog xodimlarga va oʻquvchilarga amaliy yordam berish; kasb-hunar maktabiga yetkazib berilayotgan elektron resurslarni, elektron dasturiy tizimlarni oʻrnatish va ulardan foydalanishni tashkil etish; professional taʼlim tizimi uchun yaratilgan dasturiy taʼminot va elektron axborot taʼlim resurslarining maʼlumotlar bazasini yaratish, ularni tahlil qilish hamda istiqbol rejalarini belgilash; kasb-hunar maktabining rasmiy Veb-saytini yaratish, yangiliklar, eʼlonlar, muassasa faoliyati haqidagi maʼlumotlar bilan rahbariyat va pedagog xodimlar bilan hamkorlikda doimiy ravishda joylashtirib borish; Internet tarmoqlari, (E-mail) elektron pochta xizmatlarini talab darajasida ishlashini nazorat qilib borish, xabar va yangiliklarni oʻz vaqtida qabul qilinishi va tarqatilishini nazorat qilish; muassasaning barcha axborot kommunikatsion texnologiyalarining ishlashi va texnik xizmat koʻrsatish ishlarini amalga oshirish; pedagog xodimlar va oʻquvchilarga internet tarmogʻidan zarur materiallarni olishda koʻmaklashish; hisoblash, audio va videotexnika, laboratoriya uskunalarini texnik ekspertizasini oʻtkazish, texnik vositalardan foydalanishni yaxshilash boʻyicha takliflar kiritish; profilaktika qilingan va taʼmirlangan texnika vositalarining hisobini olib borish va maxsus daftarga qayd etish; taʼmirlash va profilaktika qilishga sarflangan materiallar va ehtiyot qismlarning hisobini olib borish; kompyuter oʻquv sinflarida reja asosida darslar jadvali boʻyicha Internet tarmogʻiga ulanishini taʼminlash. Bilishi kerak: professional taʼlim tizimiga, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yoʻnalishiga oid amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni; kompyuter va texnika vositalarining xususiyatlarini, belgilangan ish maqsadi va texnik ekspluatatsiya qoidalarini; ichki mehnat tartibi qoidalarini; sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalarini. Malaka talablari: axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yoʻnalishdagi oliy maʼlumot, ish staji talab etilmaydi; xorijiy tillardan birining boshlangʻich bosqichini. Download 116.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling