T/R
|
Lavozim nomi
|
MMSK
boʻyicha kodi
|
Xodimlar toifasi
|
Taʼlimning eng past darajasi
|
3710
|
Texnikani boshqarish boʻyicha ishlab chiqarish taʼlimi ustasi
|
2320
|
mutaxassis
|
OʻMKHT
|
21-§. Mexanik
Lavozim vazifalari:
uskunalarni oʻz vaqtida va sifatli taʼmirlash va modernizatsiyalashni tashkil etish, ularning holati va tarkibini texnik nazorat qilish;
taʼmirlash jarayonida materiallardan oqilona foydalanishni taʼminlash;
eskirgan asbob-uskunalarni, mukammal taʼmirlashga muhtoj texnikalarni aniqlash;
qurilmalar va uskunalarning uzluksiz va texnik jihatdan toʻgʻri ishlashini va ishonchli ishlashini taʼminlash;
uskunalar eskirganligining sabablarini oʻrganish, ularning ishdan chiqishi, baxtsiz hodisalarnioldini olish, ularni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
asboblar va uskunalarni ishlashi uchun zarur boʻlgan materiallar va ehtiyot qismlarni sotib olish uchun rahbariyatga taklif kiritish;
uskunalarning mavjudligi va harakatini hisobga olish, texnik va hisobot hujjatlarini tayyorlash ishlarini olib borish.
mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni taʼminlash;
Bilishi kerak:
korxona jihozlarining ishlab chiqarish quvvati, texnik xususiyatlari, ishlatish tartibi va undan foydalanish qoidalarini;
nosozlik akt varaqalarini, pasportlarini, jihozlarni ishlatish boʻyicha koʻrsatmalarni va boshqa texnik hujjatlarni tuzish tartibini;
ishlab chiqarish texnologiyasi asoslarini, taʼmirlash xizmatini tashkil qilishni;
taʼmirlashdan keyin uskunani qabul qilish va etkazib berish qoidalari.
mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizlik qoidalari va normalarini.
Malaka talablari:
kamida oʻrta maxsus maʼlumot, ish staji talab etilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |