1-§. Direktor Lavozim vazifalari


Download 116.58 Kb.
bet23/32
Sana17.02.2023
Hajmi116.58 Kb.
#1206885
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   32
Bog'liq
LAVOZIM VAZIFALAR KHM

Klassifikator boʻyicha:

t/r

Lavozim nomi

MMSK
boʻyicha kodi

Xodimlar toifasi

Taʼlimning eng past darajasi

6622

Taʼmirlovchi-chilangar

7231

Ishlab chiqarish

OʻMKHT



Ichki nazorat boʻlimi
23-§. Inspektor


Lavozim vazifalari:
oʻquv-taʼlim jarayonida meʼyoriy hujjatlar va uslubiy koʻrsatmalarning ijro etilishi va oʻz vaqtida bajarilishini nazorat qilish;
muassasada oʻquv jarayonini tahlil qilish asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha pedagog xodimlar va tarkibiy boʻlinmalarga amaliy va uslubiy yordam koʻrsatish; 
muassasada taʼlim sifati va jarayonini isloh qilish, takomillashtirish boʻyicha tahliliy materiallar va takliflar tayyorlash; 
pedagog xodimlar faoliyatini baholashni reyting usullarining tadbiq etilishini tashkil etish; 
muassasada oʻquv-taʼlim jarayonining ichki nazoratida aniqlangan kamchiliklar va muammolarni bartaraf etish boʻyicha aniq takliflarni rahbariyatga taqdim etish
taʼlim jarayoni sifatini, uning oʻquv adabiyotlari va oʻquv-uslubiy materiallar bilan taʼminlanganlik darajasini oʻrganish;
oʻquvchilarning bilimlari taʼlim standartlariga muvofiqligini oʻrganib borish, tahlil qilish;
taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini taʼminlash;
taʼlim sifatini belgilovchi koʻrsatkichlarning holatini monitoring qilish, aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan tegishli takliflar berish;
taʼlim sifatini oshirish maqsadida pedagog xodimlarning malakasini oshirish jarayonida zamonaviy usullar va uslublardan foydalanish samaradorligini tahlil qilish;
oʻquvchilar ishlab chiqarish amaliyotining taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarni inobatga olingan holda tashkil etilganligini va uning samarasini nazorat qilish.
Bilishi kerak:
taʼlim muassasasi va oʻqituvchilar faoliyatini tahlil qila olishni, muammolarini aniqlashi va ularni hal qilishning samarali yoʻllarini topishni;
kasb-hunar maktabi faoliyatini zamonaviy texnologiyalar asosida monitoring qilishni, oʻquv jarayonida ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalarni qoʻllashni;
kasb-hunar maktabi faoliyati va uni rivojlantirishning pedagogik va iqtisodiy asoslarini;
taʼlim standartlari va uning mazmunini, ilgʻor pedagogik texnologiyalar va ularni tatbiq etish metodlarini;
jamoani boshqarishning samarali usullarini, xodimlarni maʼnaviy va moddiy ragʻbatlantirish tizimlari va metodlarini;
pedagog xodimlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish usullari, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibini;
metodik tavsiyalar, oʻquv rejalari va dasturlar, qoidalar, nizomlar, lavozim yoʻriqnomalarini ishlab chiqishni, ishlab chiqarish majlislari va suhbatlar oʻtkazishi;
pedagogik jamoada qulay psixologik muhit yaratishni.
Malaka talablari:
oliy maʼlumot, uch yildan kam boʻlmagan pedagogik ish staji;
xorijiy tillardan birining boshlangʻich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi.

Download 116.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling