1-§. Direktor Lavozim vazifalari


Download 116.58 Kb.
bet26/32
Sana17.02.2023
Hajmi116.58 Kb.
#1206885
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   32
Bog'liq
LAVOZIM VAZIFALAR KHM

t/r

Lavozim nomi

MMSK
boʻyicha kodi

Xodimlar toifasi

Taʼlimning eng past darajasi

3861

Buxgalter

2411

Mutaxassis

O/M



Xodimlar boʻlimi
26-§. Kadrlar boʻyicha inspektor


Lavozim vazifalari:
Kasb-hunar maktabda faoliyat koʻrsatayotgan barcha xodimlarning shaxsiy hujjatlari yigʻma jildlarini yuritish va ulardagi maʼlumotlarni yangilab borish;
xodimlarni mehnat intizomiga rioya etishini nazorat qilib borish;
oʻz ish faoliyati boʻyicha hisobotlar tayyorlash;
amaldagi qonunchilikka muvofiq taʼlim muassasasida kadrlarni ishga qabul qilish, boshqa lavozimga oʻtkazish va ishdan boʻshatish boʻyicha buyruqlarni, shuningdek ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini rasmiylashtirish;
kadrlar bilan taʼminlash boʻyicha muassasa rahbari hamkorligida oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilarini jalb etish yuzasidan ishlarni amalga oshirish;
kadrlar qoʻnimsizligi boʻyicha maʼlumotlarni yigʻish, oʻrganish va tegishli maʼlumotnomalar tayyorlash;
xodimlarni ishga qabul qilish, ishdan boʻshatish, lavozim oʻzgarishlari boʻyicha buyruqlarning loyihasini tayyorlash va rahbariyatga kiritish;
xodimlar tomonidan mehnat intizomi va ichki mehnat tartib qoidalariga rioya qilishni nazorat qilish;
mehnat shartnomalarini tuzish, xodimlarning shaxsiy kartochkalarini (T-2 shakl) yuritish;
xodimlarni pensiyaga chiqish hujjatlarini rasmiylashtirish, xodimlarning soʻroviga asosan arxiv maʼlumotnomasini tayyorlab, taqdim etish;
xodimlarning roʻyxatda turar joyi boʻyicha tuman mudofaa ishlar boʻlimi bilan solishtirish ishlarini olib borish va harbiy xizmatga majbur bronlashtirilgan shaxslar soni haqida maʼlumotlar yuritish va ularning hisobotini oʻz vaqtida topshirish;
pedagog xodimlarning malaka oshirish jadvalini tayyorlash;
mehnat taʼtili jadvali asosida xodimlarni mehnat taʼtiliga chiqarish yuzasidan hujjatlarni tayyorlash, xodimlarni mehnat taʼtili navbati haqida ogohlantirish;
Bilishi kerak:
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksini, jamoa shartnomasi, ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, yongʻin va texnika xavfsizligi qoidalarini, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishni;
kasb-hunar maktabda ish yuritishga taalluqli qonunchilik va meʼyoriy-huquqiy dalolatnomalar, shaxsiy tarkib harakatini hisobga olish, nafaqa ishlarini rasmiylashtirishni;
mehnat daftarchalari va xodimlarning shaxsiy varaqalarini yuritish va saqlash, ishlarni arxivga topshirishga tayyorlashni;
kadrlar ishini yuritish, xodimlar harakatini hisobga olish va hisobot tuzish tartibini;
xodimlarning muayyan ishdagi umumiy va uzluksiz staji, imtiyoz va qoʻshimcha toʻlovlar, xodimlarga nafaqa rasmiylashtirish tartibini;
mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi va yongʻin xavfsizligi qoidalari va meʼyorlarini bilishi talab etiladi.
ish yuritishning zamonaviy axborot-komunikatsion texnologiyalaridan foydalanishni bilishi talab etiladi.
Malaka talablari:
kamida oʻrta maxsus maʼlumot, ish staji talab etilmaydi.

Download 116.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling