1-§. Direktor Lavozim vazifalari
Download 116.58 Kb.
|
LAVOZIM VAZIFALAR KHM
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xodimlar toifasi Taʼlimning eng past darajasi
- 25-§. Buxgalter Lavozim vazifalari
- Bilishi kerak
- Malaka talablari
Klassifikator boʻyicha:
25-§. Buxgalter Lavozim vazifalari: yuridik va jismoniy shaxslar bilan xizmat koʻrsatish hamda xaridlarni amalga oshirish yuzasidan bajarilgan ishlar hisobini yuritish; tovar-moddiy boyliklar harakati va hisobdan chiqarilishini nazorat qilish hamda rasmiylashtirish; ishonchnoma berish va uning nazoratini olib borish, hisob-fakturalar boʻyicha bajarilgan ishlarning hisobini yuritish va solishtirma dalolatnomalar tuzish; xoʻjalik shartnomalari hisobini yuritish, byudjet, pensiya jamgʻarmasi va ilmiy loyihalarni bajarish uchun davlat byudjetidan ajratilgan mablagʻlar sarflanishining harakatini olib boradi; oylik ish xakini oʻz vaqtida xisoblanishi va toʻlanishini taʼminlash; debitor va kreditor qarzdorliklarni muddatini nazorat qilish xamda ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritish; solik inspeksiyasiga oʻrindoshlik asosida ishlagan hodimlarga hisoblangan ish haki toʻgʻrisida maʼlumotni taqdim etib borish; xodimlarning oylik ish xaqidan plastik kartochkalarga oʻtkazilishi lozim boʻlgan summalarga reyestr tuzish va bankka taqdim etish; shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya badali reyestrini tuzish va Halq bankiga taqdim etib borish; asosiy vositalar va buyumlarning yaroqlilik darajasini mavjud meʼyorlarga asosan, maxsus koʻrsatmalardan kelib chiqib aniqlash,ularning hisobini olish va nazorat oʻrnatishni tashkil etish maqsadida har bir buyumga inventar raqami belgilash; Bilishi kerak: Oʻzbekiston Respublikasi mehnat, moliyaviy, soliq qonunchiligi asoslari, buxgalterlik hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilik; buxgalterlik hisobini tashkil etish va hisobotlar tuzishga oid, shuningdek muassasaning xoʻjalik-moliyaviy faoliyatiga taalluqli masalalar yuzasidan qabul qilingan uslubiy va huquqiy- meʼyoriy hujjatlarni; kasb-hunar maktabida buxgalterlik hisobini tashkil etish boʻyicha qoidalar va yoʻriqnomalar, ularni yuritish tartibi,boshqa korxona-tashkilotlar bilan moliyaviy muomala va munosabatlarni rasmiylashtirishni; moliyaviy hisob-kitoblar shakllari va tartibi,muassasaning xoʻjalik-moliyaviy faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish usullari, ichki xoʻjalik zahiralarini aniqlash; pul mablagʻlari, tovar-moddiy boyliklar va boshqa qimmatli mahsulotlarni qabul qilish, kirim qilish, saqlash va sarflash; debitor va kreditorlar bilan hisob-kitob qoidalarini; jismoniy va yuridik shaxslarni soliqqa tortish shartlari,kamomadlarni buxgalterlik nazorati hisobidan chiqarish tartibi, debitorlik qarzlari va boshqazararlar,pul mablagʻlari va tovar-moddiy boyliklar hamda boshqa qimmatli mahsulotlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish qoidalarini; ish yuritishning zamonaviy axborot-komunikatsion texnologiyalaridan foydalanishnibilishi talab etiladi. Malaka talablari: moliyaviy-iqtisodiy oliy maʼlumot, ish staji talab etilmaydi; axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi.
Download 116.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling