1-§. Direktor Lavozim vazifalari
Download 116.58 Kb.
|
LAVOZIM VAZIFALAR KHM
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xodimlar toifasi Taʼlimning eng past darajasi
- Buxgalteriya 24-§. Bosh buxgalter Lavozim vazifalari
- Bilishi kerak
- Malaka talablari
Klassifikator boʻyicha:
Buxgalteriya 24-§. Bosh buxgalter Lavozim vazifalari: buxgalteriya hisobini amaldagi qonun va normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq yuritish, shuningdek hisob ishlarini zamonaviy texnik vositalar va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil etish; buxgalteriya hujjatlarining oʻz vaqtida va toʻgʻri rasmiylashtirilishini hamda amalga oshirilayotgan operatsiyalarning qonuniyligini taʼminlash; kasb-hunar maktabining yillik smetasini tuzish, Davlat gʻaznachiligi orqali yuritiladigan va maxsus hisob raqamidagi pul mablagʻlarining maqsadli va qatʼiy qonun doirasida ishlatilishini taʼminlash; pul mablagʻlari, hisob-kitoblar va moddiy qimmatliklar, shuningdek boshqa aktivlarni va majburiyatlarni inventarizatsiya qilish, inventarizatsiya natijalarini oʻz vaqtida va toʻgʻri rasmiylashtirish hamda ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish; moddiy javobgar shaxslarga ularning javobgarligida turgan moddiy qimmatliklarning butligini saqlash va hisobini olib borish yuzasidan tushuntirish ishlarini oʻtkazish; shartnomalar tuzish, chiqish-kirish mablagʻlarini rasmiylashtirish, xodimlarni oylik maosh bilan taʼminlash, barcha moliyaviy hisobotlarni oʻz vaqtida tayyorlash va topshirish; birlamchi va hisob-kitobga oid hujjatlarni rasmiylashtirish tartibiga rioya qilinishi, ish haqi jamgʻarmasining sarflanishi ustidan nazorat oʻrnatish; moddiy qimmatliklarni olish uchun berilgan ishonchnomalarning hisobini yuritish va ulardan toʻgʻri foydalanilishini amalga oshirish; asosiy vositalar hamda boshka moddiy qimmatliklarni, buxgalteriya hujjatlarining, hisob registrlarining, shuningdek xarajatlar smetalarining saqlanishini taʼminlash; balans tuzilishi, mablagʻlar kirim-chiqimi toʻgʻrisidagi zarur yigʻma hisobotlar, byudjetdan foydalanish, boshqa hisob-kitob va statistik hisobotlar tayyorlanishi, ularni oʻrnatilgan tartibda tegishli organlarga taqdim etilishini taʼminlash; byudjet mablagʻlarining, shuningdek byudjetdan tashqari mablagʻlarning xarajatlar smetasida koʻzda tutilgan muayyan maqsadlarga toʻgʻri sarflanishi, shuningdek, pul mablagʻlari va moddiy qimmatliklarning butligini taʼminlash; byudjetdan tashqari mablagʻ topish boʻyicha servis xizmati faoliyatini rivojlantirish; kasb-hunar maktabi faoliyatiga qoʻyilgan sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishini taʼminlash; Bilishi kerak: Oʻzbekiston Respublikasi mehnat, moliyaviy, soliq qonunchiligi asoslari, buxgalterlik hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilik; buxgalterlik hisobini tashkil etish va hisobotlar tuzishga oid, shuningdek muassasaning xoʻjalik-moliyaviy faoliyatiga taalluqli masalalar yuzasidan qabul qilingan uslubiy va huquqiy- meʼyoriy hujjatlarni; kasb-hunar maktabida buxgalterlik hisobini tashkil etish boʻyicha qoidalar va yoʻriqnomalar, ularni yuritish tartibi,boshqa korxona-tashkilotlar bilan moliyaviy muomala va munosabatlarni rasmiylashtirishni; moliyaviy hisob-kitoblar shakllari va tartibi,muassasaning xoʻjalik-moliyaviy faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish usullari, ichki xoʻjalik zahiralarini aniqlash; pul mablagʻlari, tovar-moddiy boyliklar va boshqa qimmatli mahsulotlarni qabul qilish, kirim qilish, saqlash va sarflash; debitor va kreditorlar bilan hisob-kitob qoidalarini; jismoniy va yuridik shaxslarni soliqqa tortish shartlari,kamomadlarni buxgalterlik nazorati hisobidan chiqarish tartibi, debitorlik qarzlari va boshqazararlar,pul mablagʻlari va tovar-moddiy boyliklar hamda boshqa qimmatli mahsulotlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish qoidalarini; ish yuritishning zamonaviy axborot-komunikatsion texnologiyalaridan foydalanishnibilishi talab etiladi. Malaka talablari: moliyaviy-iqtisodiy oliy maʼlumot,moliyaviy-hisobchilik ishi boʻyicha 3 yildan kam boʻlmagan amaliy ish staji; axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi. Download 116.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling