t/r
|
Lavozim nomi
|
MMSK
boʻyicha kodi
|
Xodimlar toifasi
|
Taʼlimning eng past darajasi
|
3708
|
Laborant
|
2320
|
Mutaxassis
|
OʻMKHT
|
31-§. Xoʻjalik mudiri
Lavozim vazifalari:
Rahbarligidagi xodimlarni umumiy boshqarish;
Ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini taʼminlash;
litsey binolari va atrof-muhitini talab darajasida saqlash, ularga xizmat koʻrsatish ishlarini boshqarish;
Binolarni joriy va kapital taʼmirlash ishlarini bajarishga rahbarlik qilish;
Oʻquv, laboratoriya va talabalar turar joylari binolarini uquv va yumshoq mebel bilan jihozlash ishlarini boshqarish;
Xonalardagi jihozlarning talab darajasida saqlanishini nazorat qilish;
Jihozlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish;
Xoʻjalik ishlariga ajratilgan mablagʻ va xoʻjalik ashyolarining tejamli sarflanishini nazorat qilish;
litseyga tashrif buyurgan mehmon va delegatsiyalarning qabuli boʻyicha ishlarni tashkil qilish;
litsey atrof-muhitini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlariga rahbarlik qilish;
Binolarda yongʻin xavfsizligi ishlarini tashkil qilish.
Bilishi kerak:
Xoʻjalikni yuritishga taalluqli Nizom, yoʻriqnoma va meʼyoriy hujjatlar, litsey ichki tartib-qoidalari, meʼyoriy hujjatlar;
Malaka talablari:
Namunaviy shaxsiy fazilatlar-intellekt, madaniyat, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlari, masʼuliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qatʼiy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni taʼminlash xususiyatlariga ega boʻlishi;
Kamida oʻrta maxsus maʼlumotga ega boʻlishi;
Oʻz sohasiga tegishli masalalar boʻyicha axborot va maʼlumotlardan xabardor boʻlishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |