1-§. Direktor Lavozim vazifalari
Download 116.58 Kb.
|
LAVOZIM VAZIFALAR KHM
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xodimlar toifasi Taʼlimning eng past darajasi
- 19-§. Avtotransport vositalarini boshqarish boʻyicha ishlab chiqarish taʼlimi ustasi Lavozim vazifalari
- Bilishi kerak
- Malaka talablari
Klassifikator boʻyicha:
19-§. Avtotransport vositalarini boshqarish boʻyicha ishlab chiqarish taʼlimi ustasi Lavozim vazifalari: yoʻl harakati qoidalari va har xil harakat sharoitlarida tegishli kategoriyadagi transport vositalarini xavfsiz boshqarish asoslarini oʻqitish; amaliy mashgʻulotlar sohasidagi zamonaviy darsliklarga, oʻquv qoʻllanmalariga va oʻquv materiallari talablariga muvofiq oʻrgatish; tegishli kategoriyalar boʻyicha haydovchilarni oʻqitish boʻyicha amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazish; oʻquvchilarning yoʻl harakati qoidalari toʻgʻrisidagi bilimlarini va oʻquv amaliyotda rioya qilishlarini nazorat qilish; avtotransport vositalarini boshqarishni oʻrgatish jarayonida oʻquvchilarga taʼsir qiluvchi shaxsiy fazilatlarini, psixologik va psixofizik holatini diagnostikasini baholash; oʻquvchilarning bilim va koʻnikmalarini va amaliy imtihonga tayyorligini baholash; avtotransport vositalarini tayyorligini sinovdan oʻtkazish, individual haydashga oʻrgatish uchun texnik jihatdan tayyorlash; oʻquvchilar bilan instruktaj oʻtkazish, havfsizlik texnikasi bilan tanishtirish; avtortransportni haydashga oʻrgatish mashqlarini mashgʻulotlar boʻyicha taqsimlash, individual haydashga oʻrgatish boʻyicha jadval tuzish mashqlarni bajartirish; oʻquv ustaxonasi, oʻquv poligoni va garajda ish oʻrinlarini tayyorlash, jihozlash, oʻquvchilarni amaliy imtixonlarga tayyorlash. Bilishi kerak: yoʻl harakati qoidasini, xizmat koʻrsatilayotgan avtotransport vositalarining maqsadi, qurilmasi, jihozlari, mexanizmlari va qurilmalarining ishlatilishini; xizmat koʻrsatilayotgan transport vositalarining asosiy texnik va ekspluatatsion xususiyatlari va ularning harakat xavfsizligiga taʼsirini; joylarda avtoulovlarga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlashni tashkil etishning oʻziga xos xususiyatlarini; yoʻl-transport hodisalarining oldini olish usullarini, yoʻl-transport hodisalarida yoʻlovchilarni favqulodda evakuatsiya qilish tartibini; xizmat koʻrsatilayotgan transport vositasining ishlashini qayd etish uchun dastlabki hujjatlarni toʻldirish qoidalarini; keyingi texnik xizmat koʻrsatish, texnik koʻrikdan oʻtkazish muddatini; ob-havo sharoitlarining haydash xavfsizligiga taʼsirini, baxtsiz hodisalar yuz berganda birinchi tibbiy yordam berishni; pedagogika, fiziologiya, psixologiya va haydashni oʻqitish metodikasini; ish oʻrinlarini jihozlash, yongʻinga qarshi himoya, havfsizlik texnikasi va mehnatni muhofaza qilish qoidalari va meʼyorlarining bajarilishini taʼminlash. Malaka talablari: oliy maʼlumot, 3 yildan kam boʻlmagan amaliy ish staji, tegishli avtomobilni haydash huquqini beruvchi guvohnoma.
Download 116.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling