1-§. Direktor Lavozim vazifalari


Download 116.58 Kb.
bet17/32
Sana17.02.2023
Hajmi116.58 Kb.
#1206885
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   32
Bog'liq
LAVOZIM VAZIFALAR KHM

Klassifikator boʻyicha:

t/r

Lavozim nomi

MMSK
boʻyicha kodi

Xodimlar toifasi

Taʼlimning eng past darajasi

3720

katta usta

2320

mutaxassis

O/M



17-§. Ustaxona mudiri


Lavozim vazifalari:
Oʻquv rejasi, dasturi va amaliy mashgʻulotlar, oʻquv amaliyotlarini oʻtkazish jadvaliga mos ravishda oʻquv-ishlab chiqarish ishlarini tashkillashtirish;
oʻquv ustaxonalarida ish joylarini lozim jihozlar, inventarlar, yoʻriqnomalar va uslubiy materiallar (plakatlar, stendlar, sxemalar, maketlar, namunalar, modellar va boshqalar) bilan oʻz vaktida jihozlashni taʼminlash;
ish oʻrinlarini jihozlash, sozlash, taʼmirlash, ularni amaliy ishlar texnologiyasiga muvofiq taqsimlash (rejalashtirish)ni tashkillashtirish;
oʻquv ustaxonasiga xizmat koʻrsatuvchi xodimlar, ishlab chiqarish taʼlim ustalari va oʻquvchilar bilan ustaxonalarda mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi qoidalari boʻyicha instruktaj olib borish;
amaliy mashgʻulot va oʻquv jarayonini oʻtkazishda ishlab chiqarish taʼlimi ustalariga amaliy yordam koʻrsatish;
oʻquv ustaxonasida ishlashda mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi, yongʻin va elektr xavfsizligi qoidalariga rioya etilishini, oʻquv ustaxonada asboblar, inventarlar, jihozlarning texnik soz holatda boʻlishini taʼminlash;
oʻquvchilar kasbiy tayyorgarligining davlat talablariga mosligini nazorat qilish, ustaxona faoliyatini tartiblovchi hujjatlarning toʻgʻri yuritilishini taʼminlash.
Bilishi kerak:
professional taʼlim tizimining oʻquv amaliyotlarni tashkil etishga oid hujjatlarni, buyruqlarini;
ustaxonadagi stanok, mashinalar, apparatlar, asboblar vamoslamalarning texnik tavsiflarini, ularning ishlash tamoyillarini, qoʻllash qoidalarini, ishlab chiqarilgan mahsulotlar sifatini baholash usullarini;
sanitariya-gigiyena talablarini, xavfsizlik texnikasi va yongʻin xavfsizligi qoidalarini.
Malaka talablari:
professional taʼlim yoʻnalishi boʻyicha muhandis-pedagog yoki muhandislik oliy maʼlumot, maxsus fan oʻqituvchisi yoki ishlab chiqarish taʼlimi ustasi darajasida 2 yildan kam boʻlmagan amaliy ish staji.

Download 116.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling