Klassifikator boʻyicha:
t/r
|
Lavozim nomi
|
MMSK
boʻyicha kodi
|
Xodimlar toifasi
|
Taʼlimning eng past darajasi
|
3704
|
Ustaxona mudiri
|
2320
|
mutaxassis
|
O/M
|
18-§. Ishlab chiqarish taʼlimi ustasi
Lavozim vazifalari:
biriktirilgan guruhlarda oʻquv amaliyoti mashgʻulotlarni oʻtish, ishlab chiqarish amaliyotiga rahbarlik qilish;
oʻquv ustaxonalarida, poligonlarda va oʻquv xoʻjaligida jihozlar va texnika vositalarini amaliy mashgʻulotlarga tayyorlash;
kerak boʻladigan xom-ashyo va materiallarni tayyorlash, texnologik xaritalarni ishlab chiqish, mashgʻulotga sarf boʻladigan xom-ashyo sarfini aniqlaysh, hisobini yuritish;
oʻquvchilarni oraliq, bitiruv amaliy imtihonlarini topshirishga tayyorlash, biriktirilgan guruhlarda tarbiyaviy ish olib borish, oʻquv mashgʻulot jurnallarini yuritish va saqlash;
taʼlim-tarbiya jarayoni davomida oʻquv-texnika jihozlari va vositalaridan, ustaxonalardan, kasb-hunar maktabiga qarashli jihozlardan ehtiyotkorlik bilan foydalanish;
tanlab olingan kasb-hunarni egallash jarayonida oʻquvchilarning kasbiy layoqat, koʻnikma va malakalarini shakllantirish;
kasb-hunarga tayyorlash tizimi va mazmunini jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat va zamonaviy innovatsion texnika yutuqlaridan kelib chiqqan holda takomillashtirish;
ish oʻrinlarini jihozlash, yongʻinga qarshi himoya, havfsizlik texnikasi va mehnatni muhofaza qilish qoidalari va meʼyorlarining bajarilishini taʼminlash.
Bilishi kerak:
Taʼlimga oidOʻzbekiston Respublikasi qonunlarini, kasbiy va amaliy faoliyatga tegishli masalalar boʻyicha meʼyoriy va uslubiy hujjatlarni, mehnat qonunchiligi, mehnat muhofazasining qoidalari va meʼyorlarini, xavfsizlik texnikasi qoidalarini.
Malaka talablari:
Pyedagogik, muhandis-pedagogik yoki biriktirilgan guruh tayyorlov yoʻnalishiga mos oliy maʼlumot.
Do'stlaringiz bilan baham: |