1-§. Direktor Lavozim vazifalari


Download 116.58 Kb.
bet4/32
Sana17.02.2023
Hajmi116.58 Kb.
#1206885
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
LAVOZIM VAZIFALAR KHM

Klassifikator boʻyicha:

t/r

Lavozim nomi

MMSK
boʻyicha kodi

Xodimlar toifasi

Taʼlimning eng past darajasi

538

Direktorning yoshlar bilan ishlash boʻyicha oʻrinbosari

1120

Boshqaruv

O/M



4-§. Direktorning ishlab chiqarish taʼlimi boʻyicha oʻrinbosari


Lavozim vazifalari:
ishlab chiqarish taʼlimi va amaliyoti jarayonini tashkil etish, professional taʼlimi standartlarida koʻzda tutilgan oʻquv rejalar va dasturlarning bajarilishini taʼminlash;
bosh usta, oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini tanlash, joy-joyiga qoʻyish, ularning malakasini oshirish masalalarini tashkil etish;
ishlab chiqarish taʼlimi va amaliyoti jarayonini boshqarish, ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining ilgʻor tajribalarini oʻrganish va umumlashtirish;
bosh usta, oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining yillik, chorak va oylik ish rejalarini tasdiqlash va bajarilishini nazorat qilish;
xom-ashyo materiallari sarfi hisobini va hisobdan chiqarish ishlarini muvofiqlashtirish, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar bilan bitiruvchilarni ishga taqsimlash va ishga joylashtirish jarayonini boshqarish va talabnomalar portfelini shakllantirish;
ish beruvchilar talab va takliflariga asosan kadrlarga boʻlgan real ehtiyojni inobatga olgan holda, iqtisodiyot soha va tarmoqlari uchun zarur boʻlgan malakali mutaxassislarni tayyorlash;
oʻquv jihozlari, qurilmalari va boshqa taʼlim vositalarining saqlanishini taʼminlash, kasb-hunar maktabi moddiy-texnika bazasini rivojlantirish ishlarini tashkil etish;
pedagogik yuklamalarini bajarilishini nazorat qilish, oʻquv ishlab chiqarish ustaxonalari, oʻquv-mashq poligonlari, oʻquv xoʻjaliklarida mavjud texnik vositalar, jihoz va dastgohlardan toʻgʻri va maqsadli foydalanishni taʼminlash;
oʻquv jarayoniga taʼlimning innovatsion shakllari, texnologiyalari va ishlanmalarini faol qoʻllab, uzluksiz professional taʼlim va ishlab chiqarishning oʻzaro hamkorligini taʼminlash;
umumtaʼlim maktablarida kasbga yoʻnaltirish boʻyicha tadbirlarni Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining hududiy boʻlinmalari bilan hamkorlikda tashkil etish;
umumtaʼlim va mutaxassislik fanlarining integratsiyalashgan dasturlari asosida taʼlim jarayonini kunduzgi shaklda amalga oshirish;
mehnat muhofazasi talablari, sanitariya-gigiyena va xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilinishini nazorat qilish.
Bilishi kerak:
oʻquv-ishlab chiqarish ustaxonalari va laboratoriyalarini jihozlanish meʼyorlarini;
sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilishni taʼminlash qoidalarini;
kasb-hunar maktabi va oʻqituvchilar faoliyatini tahlil qila olishni, muammolarini aniqlash va ularni hal qilishning samarali yoʻllarini topishni;
metodik tavsiyalar, oʻquv rejalari va dasturlar, qoidalar, nizomlar, lavozim yoʻriqnomalarini ishlab chiqishni, ishlab chiqarish majlislari va suhbatlar oʻtkazishni;
kasb-hunar maktabi faoliyatini zamonaviy texnologiyalar asosida monitoring qilishni, oʻquv jarayonida ilgʻor pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni qoʻllashni.
Malaka talablari:
kasb-hunar sohasi yoki umumkasbiy va maxsus fanlardan biri boʻyicha oliy maʼlumot, taʼlim tizimidagi yoki kasb-hunar soha yoʻnalishiga mos ishlab chiqarishdagi 3 yildan kam boʻlmagan amaliy ish staji;
ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega boʻlgan shaxslarga ish staji talab etilmaydi;
xorijiy tillardan birining boshlangʻich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi.

Download 116.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling