1-§. Direktor Lavozim vazifalari


Download 116.58 Kb.
bet5/32
Sana17.02.2023
Hajmi116.58 Kb.
#1206885
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
LAVOZIM VAZIFALAR KHM

Klassifikator boʻyicha:

t/r

Lavozim nomi

MMSK
boʻyicha kodi

Xodimlar toifasi

Taʼlimning eng past darajasi

538

Direktorning ishlab chiqarish taʼlimi boʻyicha oʻrinbosari

1120

Boshqaruv

O/M



5-§. Direktorning moliya-iqtisod ishlari boʻyicha oʻrinbosari
Lavozim vazifalari:
Moliya-iqtisod ishlari boʻyicha kasb-hunar maktabi xoʻjalik faoliyatini boshqarish, yangi oʻquv yiliga va kuz-qish mavsumiga toʻliq tayyor holga keltirilishini taʼminlash;
kasb-hunar maktabi fan oʻquv xonalari, ishlab chiqarish taʼlimi ustaxonalari va laboratoriyalarida texnologik jihozlarni loyiha talablari va meʼyorlariga muvofiq joylashtirishni tashkil etish, xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga javob berishini, jihozlarni saqlanishini, elektr va yongʻin xavfsizligi, sanitariya-gigiyena talablariga javob berishini tashkil etish;
kasb-hunar maktabining xoʻjalik faoliyati uchun zarur shartnomalarni oʻz muddatida rasmiylashtirishni, ustavda nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirish uchun qoʻshimcha moliyaviy manbalar va moddiy mablagʻlarni jalb qilish chora-tadbirlarni amalga oshirish;
kasb-hunar maktabi xodimlari va taʼlim oluvchilari uchun ijtimoiy-maishiy, yotoqxona va oshxonalarda zarur shart-sharoitlarni taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
kasb-hunar maktabi moddiy-texnika bazasini rivojlantirish ishlarini tashkillashtirish, bino va qoʻshimcha obyektlarining texnik holati va jihozlanganligini muntazam ravishda oʻrganib borish;
kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonida tegishliligicha koʻmir, suyuq yoqilgʻi, tabiiy gaz va elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojlarni aniqlash va maʼlumotlarni hududiy taʼlim boshqaruvi organlariga taqdim etish hamda qabul qilingan yoqilgʻilarning sifati va saqlanishini taʼminlash;
kasb-hunar maktabi hududini obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va tozalash ishlariga rahbarlik qilish, oʻziga boʻysunuvchi tegishli boʻlinma hamda texnik xizmat koʻrsatuvchi xodimlar ishini muvofiqlashtirish;
vakolat doirasida moliyaviy va xoʻjalik masalalarini hal etish, byudjet va byudjetdan tashqari moliyaviy mablagʻlarni shakllantirish va ulardan samarali foydalanish, mehnat, ishlab chiqarish, ijro intizomi va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilinishini taʼminlash;
sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishini taʼminlash.
Bilishi kerak:
Moliya-iqtisod, qurilish va jihozlashga oid normativ-huquqiy hujjatlarini va ularning ijrosini amalga oshirish tartibini;
jihozlash meʼyorlari asosida xonalarga kerak boʻlgan jihozlarni va ularni joylashtirilishini;
kasb-hunar maktabi binosining texnik holatini, uning hududi, xonalar soni va oʻlchamlarini, taʼlim muassasasi binosiga qoʻyiladigan texnik talablarni;
kasb-hunar maktabi faoliyatini tartibga soluvchi fuqarolik, boshqaruv, mehnat, byudjet, soliq qonunchiligini;
kasb-hunar maktabi faoliyatiga qoʻyilgan sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va yongʻin xavfsizligi qoidalarini.
Malaka talablari:
Oliy maʼlumot, staj talab etilmaydi;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi.

Download 116.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling