1-§. Direktor Lavozim vazifalari
Download 116.58 Kb.
|
LAVOZIM VAZIFALAR KHM
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xodimlar toifasi Taʼlimning eng past darajasi
- Axborot-resurs markazi 14-§. Kutubxonachi Lavozim vazifalari
- Bilishi kerak
- Malaka talablari
Klassifikator boʻyicha:
Axborot-resurs markazi 14-§. Kutubxonachi Lavozim vazifalari: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha beshta muxim tashabbusning ijrosiga qaratilgan ishlarni tashkil etish; oʻquvchilarda kitobxonlik hamda mutolaa madaniyatini shakllantirish orqali ularning maʼnaviy dunyosini yuksaltirishga qaratilgan ishlarni tashkil etib borish; Oʻqituvchi va oʻquvchilar oʻrtasida “Eng yaxshi kitobxon” tanlovini oʻtkkazib borish; oʻquvchi va pedagog xodimlarning kitobxonlik soʻrovnomalari va ehtiyojlarini maksimal darajada toʻliq qondirish; kutubxonaning istiqbolli va joriy rejalarini ishlab chiqish hamda ularning bajarilishini taʼminlash; oʻquvchilarning talabiga muvofiq adabiyotlar berilishi va qabul qilishini amalga oshirish; oʻquvchilarning oʻquv predmetlarini muvaffaqiyatli oʻrganishlari, taʼlimiy va siyosiy bilim asoslarini puxta oʻzlashtirishlari maqsadida ularga mutolaani tashkil etishda yordam berish; oʻquvchilarning kitob bilan mustaqil ravishda ishlashga, maʼrifiy kitoblarni koʻprok oʻqishga daʼvat etish, har bir oʻquvchini mustaqil ravishda va muntazam mutolaa qilishga jalb etish; kutubxonada oʻquv-tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda oʻqituvchilarga, kitoblar bilan ishlashda yaqindan yordam berish; oʻquvchilarni kutubxona-bibliografiya savodi asoslari, mutolaa madaniyati bilan tanishtirish, ularga axborot manbalari hamda kitoblar bilan ishlash malakalarini singdirish; oʻquvchilarning yoshi, psixologik va ijtimoiy ahvoli kitobxonlar bilan ishlashning shakli va usullarini belgilash; zaruriy oʻquv adabiyotlar, davriy nashrlar, badiiy va ilmiy-ommabop kitoblar, maʼlumotnomalar va bibliografik qoʻllanmalar, metodik adabiyot bilan tuldirish, darsliklar fondini tashkil etish boʻyicha rahbariyatga taklif kiritish; tavsiya etiladigan badiiy adabiyotlar roʻyxatini tuzish va oʻquvchilarga yetkazish, individual va jamoaviy tarzda xabardor etish; kirim qilingan kitob va gazeta-jurnallarni saqlanishi, oʻquvchilarning foydalanishi uchun sharoit yaratish; elektron darsliklar, video darsliklarni axborot-resurs fondiga kiritib borish; mehnat intizomiga qatʼiy rioya qilish; muassasa faoliyatiga qoʻyilgan sanitariya-gigiyena talablariga, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilishni taʼminlash. Bilishi kerak: davlatimizning taʼlim tizimiga oid, axborot-kutubxona faoliyatini takomillashtirish boʻyicha tegishli normativ-huquqiy hujjatlarini; axborot-kutubxona nazariyasi va amaliyotini, metodik ishlarni tashkil etish va samaradorligini oshirish usullarini; davlatimiz va xorij davlatlar ilm-fanining bibliografiya va axborot sohasidagi yutuqlari hamda axborot-kutubxona jarayonlari texnologiyasini; bibliografiya va informatika sohasidagi metodik materiallarni; muassasa faoliyatiga qoʻyilgan sanitariya-gigiyena talablariga, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilishni. Malaka talablari: oʻz yoʻnalishi boʻyicha kamida oʻrta maxsus yoki oliy maʼlumot, ish staji talab etilmaydi. xorijiy tillardan birining boshlangʻich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi. Klassifikator boʻyicha:
Download 116.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling