1-§. Direktor Lavozim vazifalari


Download 116.58 Kb.
bet12/32
Sana17.02.2023
Hajmi116.58 Kb.
#1206885
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32
Bog'liq
LAVOZIM VAZIFALAR KHM

Klassifikator boʻyicha:

t/r

Lavozim nomi

MMSK
boʻyicha kodi

Xodimlar toifasi

Taʼlimning eng past darajasi

3711

Uslubchi

2320

Mutaxassis

O/M



Yoshlar bilan ishlash boʻlimi
12-§. Yoshlar yetakchisi


Lavozim vazifalari:
Oʻzbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisidagi qonunni ijrosiga qaratilgan ishlarni amalga oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha beshta muxim tashabbusning ijrosiga qaratilgan ishlarni tashkil etish;
oʻquvchilarda kitobxonlik hamda mutolaa madaniyatini shakllantirish orqali ularning maʼnaviy dunyosini yuksaltirishga qaratilgan ishlarni tashkil etib borish;
oʻquvchilarning madaniy dam olishlariga qaratilgan tadbirlar tashkil etish, ularga ijtimoiy-psixologik yordam koʻrsatishni tashkil etish;
pedagog xodimlar va oʻquvchilar oʻrtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik va korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot ishlarini muntazam yoʻlga qoʻyish;
ommaviy, madaniy-maʼrifiy va sport-sogʻlomlashtirish tadbirlari va turli musobaqalarni oʻtkazib borish;
oʻquvchilarini yurtimiz hamda dunyoda roʻy berayotgan ijtimoiy-siyosiy, madaniy, xususan, yoshlar hayotiga oid voqealar, yangiliklar va qiziqarli maʼlumotlardan tezkor xabardor qilib, ularning vaqtini mazmunli oʻtkazishga moʻljallangan virtual axborot makoni (veb-sayt, portal, forum, messenjerlardagi kanallar va h.k.)ni yaratish va doimiy faoliyat olib borishini taʼminlash;
tuman (shahar) voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyasining qarori va koʻrsatmalarining amalga oshirilishini taʼminlash, davlat, nodavlat va homiy tashkilotlar bilan taʼlim-tarbiya sohalarida hamkorlik qilish;
sogʻliqni saqlash boʻlimlari bilan hamkorlikda oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi va sogʻlom muhitni targʻib qilish;
yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish, intellektual va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga koʻmaklashadigan turli klub va toʻgaraklar faoliyatini tashkil etish;
notinch oila farzandlari, tarbiyasi ogʻir va nosogʻlom muhitga tushib qolgan yoshlarning jamiyatga ijtimoiy moslashuvi hamda darslarni muntazam qoldirib kelayotgan oʻquvchilarni taʼlim jarayoniga qaytarishga qaratilgan tizimli ishlar olib borish;
kasb-hunar maktabi yoshlari oʻrtasida yoshlar turizmini rivojlantirish, oʻquvchilarning hududga yaqin joydagi tarixiy obidalar, muqaddas qadamjolar, muzeylar, teatrlar, mustaqillik davrida barpo etilgan inshootlarga tashriflarini uyushtirish;
yoshlar, ayniqsa qiz bolalar oʻrtasida sportni keng targʻib etish, ularning sportga boʻlgan qiziqishlarini qoʻllab-quvvatlash va turli sport musobaqalarida ishtirok etishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish.
Bilishi kerak:
Oʻzbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisidagi Qonunni bilishi;
boshqaruv qobiliyati, tashkilotchilik, jamoatchilik bilan ishlash va ish yuritish boʻyicha bilim-koʻnikma hamda muayyan ish tajribasiga ega boʻlish;
madaniy-ommaviy tadbirlar (koʻrik-tanlovlar, ommaviy va koʻngilochar oʻyinlar, dam olish kechalari, turli muhim sanalarga bagʻishlangan teatrlashtirilgan bayramlar, musobaqalar, tomoshalar va boshqa tadbirlar)ni tashkil etishni;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ishlashni;
yoshlar tarbiyasiga salbiy taʼsir etuvchi buzgʻunchi gʻoya va mafkuralar, maʼnaviy tahdidlar, zararli illatlar haqida yetarli maʼlumot va tasavvurga;
mamlakatda olib borilayotgan islohotlar, yoshlarga oid davlat siyosati va taʼlim-tarbiya jarayoniga doir meʼyoriy-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida toʻliq maʼlumotga ega boʻlishi lozim.
Malaka talablari:
oliy maʼlumot, ish staji talab etilmaydi;
xorijiy tillardan birining boshlangʻich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi.

Download 116.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling