T/R
|
Lavozim nomi
|
MMSK
boʻyicha kodi
|
Xodimlar toifasi
|
Taʼlimning eng past darajasi
|
13710
|
Avtotransport vositalarini boshqarish boʻyicha ishlab chiqarish taʼlimi ustasi
|
2320
|
mutaxassis
|
O/M, OʻM
|
20-§. Texnikani boshqarish boʻyicha ishlab chiqarish taʼlimi ustasi
Lavozim vazifalari:
Texnika xavfsizlik qoidalarini va oʻquv texnikasining tuzilish mexanizm xususiyatlarini mukammal bilish;
texnikani yaxshi holatda saqlash, taʼmirlash va texnik xizmatni oʻz vaqtida bajarish;
texnika vositalarini individual oʻrgatish uchun texnik jihatdan tayyorlash, oʻquvchilar bilan instruktaj oʻtkazish;
havfsizlik texnikasi qoidalari bilan tanishtirish, texnikani oʻrgatish mashqlarini mashgʻulotlar boʻyicha taqsimlash;
oʻquvchilarni individual oʻrgatish boʻyicha jadval tuzish, jadval asosida mashqlarni bajartirish;
oʻquv ustaxonasi, oʻquv poligoni va garajda ish oʻrinlarini tayyorlash, jihozlash, oʻquvchilarni amaliy imtixonlarga tayyorlash.
Bilishi kerak:
taʼlimga oid normativ-huquqiy hujjatlarini, oʻquvchilarda malaka koʻnikmalarni hosil qilishni;
xizmat koʻrsatilayotgan texnikaning ishlashini qayd etish uchun dastlabki hujjatlarni toʻldirish qoidalarini;
keyingi texnik xizmat koʻrsatish, texnik koʻrikdan oʻtkazish muddatini;
ish oʻrinlarini jihozlash, yongʻinga qarshi himoya, havfsizlik texnikasi va mehnatni muhofaza qilish qoidalari va meʼyorlarining bajarilishini taʼminlash.
Malaka talablari:
kamida oʻrta maxsus maʼlumot, avtomobil haydashni oʻrgatuvchi yoʻriqchi guvohnomasi,3 yildan kam boʻlmagan avtomobilni haydash amaliy ish staji
Klassfikator boʻyicha:
Do'stlaringiz bilan baham: |