1-§. Direktor Lavozim vazifalari
Download 116.58 Kb.
|
LAVOZIM VAZIFALAR KHM
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oʻquvchilar turar joyi 28-§. Tarbiyachi Lavozim vazifalari
- Bilishi kerak
- Malaka talablari
Oʻquvchilar turar joyi 28-§. Tarbiyachi Lavozim vazifalari: oʻquvchilar bilan darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkillashtirish; oʻquvchilar yotoqxonasida oʻqituvchi-guruh rahbari, pedagogik xodimlar, ota-onalar bilan maʼnaviy-tarbiyaviy, maʼdaniy-tashkiliy, sogʻlomlashtirish sport tadbirlari, darsdan tashqari tadbirlarni rejalashtirish va oʻtkazaish; oʻquvchilarning darsdan tashqari vaqtidan samarali foydalanishini, darsga, koʻrik-tanlovlarga, musobaqalarga tayyorgarligini tashkillashtirish; oʻquvchilarning yotoqxonasida oʻzini tutish qoidalari va kun tartibiga rioya qilishini nazorat qilish; muassasaning yoshlar bilan ishlash direktor oʻrinbosari bilan hamkorlikda oʻquvchilar turar joylarida turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar va uchrashuvlar tashkil etish; oʻquvchilarda mehnatga boʻlgan muhabbatni, oʻz kasbiga boʻlgan hurmatni shakllantirish, oʻquvchilarning oilaviy ahvolini oʻrganish, suhbatlar oʻtkazish; seksiya va toʻgarak ishlariga yoʻnaltiraish, taʼtil vaqtida oʻquvchilarning samarali dam olishlarini, ekskursiyalarni tashkillashtirish. kasb-hunar maktabining imkoniyatlari, oʻquvchilarning yashash joyi va mintaqaning tarixiy-madaniy oʻziga xosligini hisobga olgan holda oʻquv-tadqiqot, badiiy-ishlab chiqarish, madaniy va hordiq chiqarish kabi maktabdan tashqari turli tadbirlarni tashkil etish. Bilishi kerak: Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tizimini rivojlantirishning, Oʻzbekiston Respublikasida taʼlim faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar va boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlar, bolalar va yoshlar (oʻspirin)larni oʻqitish va tarbiyalashga oid meʼyoriy hujjatlar, professional taʼlimni, bola huquqlari toʻgʻrisidagi qonunchilik, mehnat qonunchiligining ustuvor yoʻnalishlarini; zamonaviy taʼlim tizimi uchun oʻquvchilarni oʻqitish, tarbiyalash va rivojlantirishning asosiy va aktual (juda muxim) nazariyalarini; normativ-huquqiy hujjatlarni, tarbiyaviy, darsdan tashqari ishlar boʻyicha meʼyoriy, uslubiy va yoʻriqnoma materiallarni; tarbiyaviy ishlar konsepsiyasini, tarbiyaviy ishlar boʻyicha yoshlarga oid davlat siyosatini; tarbiyaviy ish uslublari asoslari, faoliyatga aoslangan yondashuvning asosiy tamoyillari, zamonaviy pedagogik texnologiyalarning turlari va usullarini; ota-onalar jamoasi bilan samarali ishlashga imkon beradigan oilaviy munosabatlarning asosiy qonuniyatlarini; pedagogik, ilmiy-uslubiy va tashkiliy-boshqaruv masalalarini (pedagogika, psixologiya, yosh bilan bogʻliq fiziologiya; taʼlim tashkiloti gigiyenasi; fanni oʻqitish metodikasi) hal qilish uchun zarur boʻlgan hajmdagi umumnazariy fanlarning asoslarini; pedagogika, psixologiya, yoshlar fiziologiyasini, jamoat va kasaba uyushmalari bilan hamkorlikdagi ishlarni rivojlantirishni. Malaka talablari: kamida oʻrta maxsus kasbiy pedagogik maʼlumot, ish staji talab etilmaydi. Download 116.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling