1-§. Direktor Lavozim vazifalari


Download 116.58 Kb.
bet24/32
Sana17.02.2023
Hajmi116.58 Kb.
#1206885
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32
Bog'liq
LAVOZIM VAZIFALAR KHM

Klassifikator boʻyicha:

t/r

Lavozim nomi

MMSK
boʻyicha kodi

Xodimlar toifasi

Taʼlimning eng past darajasi

3705

Inspektor

2320

Mutaxassis

O/M

Buxgalteriya
24-§. Bosh buxgalter


Lavozim vazifalari:
buxgalteriya hisobini amaldagi qonun va normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq yuritish, shuningdek hisob ishlarini zamonaviy texnik vositalar va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil etish;
buxgalteriya hujjatlarining oʻz vaqtida va toʻgʻri rasmiylashtirilishini hamda amalga oshirilayotgan operatsiyalarning qonuniyligini taʼminlash;
kasb-hunar maktabining yillik smetasini tuzish, Davlat gʻaznachiligi orqali yuritiladigan va maxsus hisob raqamidagi pul mablagʻlarining maqsadli va qatʼiy qonun doirasida ishlatilishini taʼminlash;
pul mablagʻlari, hisob-kitoblar va moddiy qimmatliklar, shuningdek boshqa aktivlarni va majburiyatlarni inventarizatsiya qilish, inventarizatsiya natijalarini oʻz vaqtida va toʻgʻri rasmiylashtirish hamda ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish;
moddiy javobgar shaxslarga ularning javobgarligida turgan moddiy qimmatliklarning butligini saqlash va hisobini olib borish yuzasidan tushuntirish ishlarini oʻtkazish;
shartnomalar tuzish, chiqish-kirish mablagʻlarini rasmiylashtirish, xodimlarni oylik maosh bilan taʼminlash, barcha moliyaviy hisobotlarni oʻz vaqtida tayyorlash va topshirish;
birlamchi va hisob-kitobga oid hujjatlarni rasmiylashtirish tartibiga rioya qilinishi, ish haqi jamgʻarmasining sarflanishi ustidan nazorat oʻrnatish;
moddiy qimmatliklarni olish uchun berilgan ishonchnomalarning hisobini yuritish va ulardan toʻgʻri foydalanilishini amalga oshirish;
asosiy vositalar hamda boshka moddiy qimmatliklarni, buxgalteriya hujjatlarining, hisob registrlarining, shuningdek xarajatlar smetalarining saqlanishini taʼminlash;
balans tuzilishi, mablagʻlar kirim-chiqimi toʻgʻrisidagi zarur yigʻma hisobotlar, byudjetdan foydalanish, boshqa hisob-kitob va statistik hisobotlar tayyorlanishi, ularni oʻrnatilgan tartibda tegishli organlarga taqdim etilishini taʼminlash;
byudjet mablagʻlarining, shuningdek byudjetdan tashqari mablagʻlarning xarajatlar smetasida koʻzda tutilgan muayyan maqsadlarga toʻgʻri sarflanishi, shuningdek, pul mablagʻlari va moddiy qimmatliklarning butligini taʼminlash;
byudjetdan tashqari mablagʻ topish boʻyicha servis xizmati faoliyatini rivojlantirish;
kasb-hunar maktabi faoliyatiga qoʻyilgan sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishini taʼminlash;
Bilishi kerak:
Oʻzbekiston Respublikasi mehnat, moliyaviy, soliq qonunchiligi asoslari, buxgalterlik hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilik; buxgalterlik hisobini tashkil etish va hisobotlar tuzishga oid, shuningdek muassasaning xoʻjalik-moliyaviy faoliyatiga taalluqli masalalar yuzasidan qabul qilingan uslubiy va huquqiy- meʼyoriy hujjatlarni;
kasb-hunar maktabida buxgalterlik hisobini tashkil etish boʻyicha qoidalar va yoʻriqnomalar, ularni yuritish tartibi,boshqa korxona-tashkilotlar bilan moliyaviy muomala va munosabatlarni rasmiylashtirishni;
moliyaviy hisob-kitoblar shakllari va tartibi,muassasaning xoʻjalik-moliyaviy faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish usullari, ichki xoʻjalik zahiralarini aniqlash; pul mablagʻlari, tovar-moddiy boyliklar va boshqa qimmatli mahsulotlarni qabul qilish, kirim qilish, saqlash va sarflash; debitor va kreditorlar bilan hisob-kitob qoidalarini;
jismoniy va yuridik shaxslarni soliqqa tortish shartlari,kamomadlarni buxgalterlik nazorati hisobidan chiqarish tartibi, debitorlik qarzlari va boshqazararlar,pul mablagʻlari va tovar-moddiy boyliklar hamda boshqa qimmatli mahsulotlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish qoidalarini;
ish yuritishning zamonaviy axborot-komunikatsion texnologiyalaridan foydalanishnibilishi talab etiladi.
Malaka talablari:
moliyaviy-iqtisodiy oliy maʼlumot,moliyaviy-hisobchilik ishi boʻyicha 3 yildan kam boʻlmagan amaliy ish staji;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi.

Download 116.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling