1-§. Direktor Lavozim vazifalari
Download 116.58 Kb.
|
LAVOZIM VAZIFALAR KHM
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xodimlar boʻlimi 26-§. Kadrlar boʻyicha inspektor Lavozim vazifalari
- Bilishi kerak
- Malaka talablari
Xodimlar boʻlimi 26-§. Kadrlar boʻyicha inspektor Lavozim vazifalari: Kasb-hunar maktabda faoliyat koʻrsatayotgan barcha xodimlarning shaxsiy hujjatlari yigʻma jildlarini yuritish va ulardagi maʼlumotlarni yangilab borish; xodimlarni mehnat intizomiga rioya etishini nazorat qilib borish; oʻz ish faoliyati boʻyicha hisobotlar tayyorlash; amaldagi qonunchilikka muvofiq taʼlim muassasasida kadrlarni ishga qabul qilish, boshqa lavozimga oʻtkazish va ishdan boʻshatish boʻyicha buyruqlarni, shuningdek ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini rasmiylashtirish; kadrlar bilan taʼminlash boʻyicha muassasa rahbari hamkorligida oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilarini jalb etish yuzasidan ishlarni amalga oshirish; kadrlar qoʻnimsizligi boʻyicha maʼlumotlarni yigʻish, oʻrganish va tegishli maʼlumotnomalar tayyorlash; xodimlarni ishga qabul qilish, ishdan boʻshatish, lavozim oʻzgarishlari boʻyicha buyruqlarning loyihasini tayyorlash va rahbariyatga kiritish; xodimlar tomonidan mehnat intizomi va ichki mehnat tartib qoidalariga rioya qilishni nazorat qilish; mehnat shartnomalarini tuzish, xodimlarning shaxsiy kartochkalarini (T-2 shakl) yuritish; xodimlarni pensiyaga chiqish hujjatlarini rasmiylashtirish, xodimlarning soʻroviga asosan arxiv maʼlumotnomasini tayyorlab, taqdim etish; xodimlarning roʻyxatda turar joyi boʻyicha tuman mudofaa ishlar boʻlimi bilan solishtirish ishlarini olib borish va harbiy xizmatga majbur bronlashtirilgan shaxslar soni haqida maʼlumotlar yuritish va ularning hisobotini oʻz vaqtida topshirish; pedagog xodimlarning malaka oshirish jadvalini tayyorlash; mehnat taʼtili jadvali asosida xodimlarni mehnat taʼtiliga chiqarish yuzasidan hujjatlarni tayyorlash, xodimlarni mehnat taʼtili navbati haqida ogohlantirish; Bilishi kerak: Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksini, jamoa shartnomasi, ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, yongʻin va texnika xavfsizligi qoidalarini, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishni; kasb-hunar maktabda ish yuritishga taalluqli qonunchilik va meʼyoriy-huquqiy dalolatnomalar, shaxsiy tarkib harakatini hisobga olish, nafaqa ishlarini rasmiylashtirishni; mehnat daftarchalari va xodimlarning shaxsiy varaqalarini yuritish va saqlash, ishlarni arxivga topshirishga tayyorlashni; kadrlar ishini yuritish, xodimlar harakatini hisobga olish va hisobot tuzish tartibini; xodimlarning muayyan ishdagi umumiy va uzluksiz staji, imtiyoz va qoʻshimcha toʻlovlar, xodimlarga nafaqa rasmiylashtirish tartibini; mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi va yongʻin xavfsizligi qoidalari va meʼyorlarini bilishi talab etiladi. ish yuritishning zamonaviy axborot-komunikatsion texnologiyalaridan foydalanishni bilishi talab etiladi. Malaka talablari: kamida oʻrta maxsus maʼlumot, ish staji talab etilmaydi. Download 116.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling