1-§. Direktor Lavozim vazifalari
Download 116.58 Kb.
|
LAVOZIM VAZIFALAR KHM
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliyot va ish beruvchilar bilan hamkorlik boʻlimi 16-§. Katta usta Lavozim vazifalari
- Bilishi kerak
- Malaka talablari
Amaliyot va ish beruvchilar bilan hamkorlik boʻlimi 16-§. Katta usta Lavozim vazifalari: taʼlim standartlarining zamonaviy talablariga muvofiq oʻquv amaliyotlari va ishlab chiqarish amaliyotlarini tashkillashtirish; ishlab chiqarish taʼlim ustalarining faoliyatini nazorat qilish va boshqarish, ularni amaliy ishlarini rejalashtirish; ishlab chiqarish taʼlim ustalari bilan yigʻilishlar oʻtkazish va ularning malakasini oshirishni tashkil etish; oʻquvchilarning kasbiy taʼlim tayyorgarligini maxsus fanlar boʻyicha nazariy taʼlim dasturlariga uygʻunligini taʼminlash; oʻquv laboratoriyalari, oʻquv amaliy dasturlariga mos xom ashyolar sarfini hisoblash, amaliy oʻquv mashgʻulotlar, amaliyotlar oʻtkazishda ishlab chiqarish taʼlimi ustalariga yordam berish; mexnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilinishini nazorat qilish; taʼlim standartlari talablarini bajarilishini, oʻquvchilar amaliy tayyorgarligining talablarga mosligini taʼminlash; bilim va koʻnikmalarni oʻzlashtirilishini nazoratini amalga oshirish, ishlab chiqarish amaliyotlarini oʻtkazish uchun tashkilot va korxonalar bilan hamkorlik olib borish va shartnomalar tuzish. oʻquvchilar tomonidan oʻquv va ishlab chiqarish amaliyotida (amaliy oʻqitish jarayonida) oʻzlashtiradigan faoliyatni bajarish va (yoki) faoliyat elementlarini namoyish etish: kasbiy vazifalarni hal etish, ayrim mehnat funksiyalari, texnologik operatsiyalar va texnologik operatsiyalarning baʼzi usullarini bajarish; oʻquvchilar bilan pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq munosabatlarni oʻrnatish, taʼlim oluvchilarning tarbiyalanishi va rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, kasbni egallashda ularning faoliyatinimotivatsiyalash (ragʻbatlantirish), maqsadlarni belgilashga jalb qilish, oʻzini oʻzi tashkil yetish va nazorat qilishni oʻrgatish; texnologik jihoz va uskunalarni sozligini tekshirishni oʻtkazish, berilayotgan moddiy resurslarni (xom ashyo, materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar) miqdori va sifatini tekshirish, oʻquv-ishlab chiqarish jihoz va uskunalariga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash uchun buyurtmalar tuzish, bajarilgan ishlarning sifatini nazorat qilish. oʻquvchilarning mashgʻulotga tayyorligini, ular tomonidan bajarilgan ishlarni kuzatish va baholash, oʻquvchilarning tayyorgarligi va motivatsiyasi dinamikasini, kasbni egallashdagi muvaffaqiyatlar va qiyinchiliklarini baholash, ularning sabablarini aniqlash, oʻquv va tarbiya jarayonini individuallashtirish va tuzatmalar kiritish; oʻquv amaliyoti mashgʻulotlarning oʻtkazilishini, ishlab chiqarish amaliyotini (amaliy oʻqitishni) tashkil etilishini tahlil qilish, ishchi dasturga, amaliy tayyorlash mashulotlari rejasiga, taʼlim texnologiyalariga, shaxsiy kasbiy faoliyatga tuzatishlar kiritish. Bilishi kerak: professional taʼlim tizimining buyruqlarini va boshka hujjatlarini, zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalarini, oʻquv va ishlab chiqarish amaliyotlarini rejalashtirishni, menejment va marketing hususiyatlarini, mehnatni ilmiy tashkil qilishni, mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi qoidalarini. oʻquv jarayonini tashkil etish va oʻquv-ishlab chiqarish ustaxonasi (mashgʻulot oʻtadigan boshqa joy)ning ishini tashkil etish boʻyicha lokal meʼyoriy xujjatlarni; kasbiy tayyorgarlikni tashkil yetish asoslari va usullari, amaliy oʻqitishning zamonaviy texnologiyalarini; kasb boʻyicha amaliy tayyorlash (mashgʻulot oʻtkazish) uchun namunaviy (tayanch) dasturlar (agar mavjud boʻlsa) va ishchi dasturlarning talablari, tegishli darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarining mazmunini; mehnatni tashkil etishning oʻziga xos xususiyatlari, zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari, ishlab chiqarish uskunalari va uni ishlatish qoidalari, kasb boʻyicha meʼyoriy-huquqiy hujjatlar, texnologik operatsiyalarni bajarish boʻyicha vaqt meʼyorlarini (mavjud boʻlsa); oʻquvchilarning yoshi bilan bogʻliq xususiyatlari, iqtidorli taʼlim oluvchilar va rivojlanishida muammolari hamda oʻqishda qiyinchiliklari boʻlgan oʻquvchilarni oʻqitish (professional taʼlim berish) xususiyatlari, oʻqitishni individuallashtirish masalalarini; psixologik va jismoniy rivojlanish xususiyatlari, sogʻligi jixatidan imkoniyati cheklangan shaxslarning individualimkoniyatlarini (sogʻligi jixatidan imkoniyati cheklangan shaxslarnioʻqitish uchun). Malaka talablari: kasb-hunar taʼlim yoʻnalishi boʻyicha muhandis-pedagog yoki muhandislik oliy maʼlumot, maxsus fan oʻqituvchisi darajasida 2-yillik ish staji yoki 1-toifali ishlab chiqarish taʼlimi ustasi. Download 116.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling