1-§. Direktor Lavozim vazifalari
Download 116.58 Kb.
|
LAVOZIM VAZIFALAR KHM
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xodimlar toifasi Taʼlimning eng past darajasi
- 11-§. Uslubchi Lavozim vazifalari
- Bilishi kerak
- Malaka talablari
Klassifikator boʻyicha:
11-§. Uslubchi Lavozim vazifalari: metodik ishlarni tashkil qilish, oʻquv-metodik va tarbiyaviy ishlarning holatini va ularning taʼlim standartlariga mosligini tahlil qilish hamda samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish; oʻquv guruhlari, toʻgaraklar va oʻquvchilar uyushmalarini shakllantirishda ishtirok etish, pedagog xodimlarga oʻqitish mazmuni, shakllari, usullari va vositalarini aniqlashda yordam berish; pedagogik xodimlarga tegishli faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha maslahat va amaliy yordam koʻrsatish, tegishli yoʻnalishlar boʻyicha xodimlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni tashkil etishda ishtirok etish; oʻquv, oʻquv-mavzu rejalar, fanlar va oʻquv kurslari boʻyicha dasturlar tuzish; oʻquv-metodik hujjatlar, qoʻllanmalar (oʻquv fanlari, qurilmalar namunaviy roʻyxati, didaktik materiallar va hokazo) ishlab chiqishni, ularga taqriz berishni va tasdiqlashga tayyorlashni tashkillashtirish; pedagogik xodimlarning metodik uyushmalari ishlarini tashkil qilish va muvofiqlashtirish, konferensiyalar, seminarlar, tanlovlar, koʻrgazmalar, olimpiadalar, musobaqalar va hokazolarni oʻtkazish boʻyicha zarur hujjatlarni ishlab chiqish; nashr etilayotgan darsliklar, oʻquv qoʻllanmalar, videomateriallar, audiovizual va boshqa oʻqitish vositalari xususida pedagog xodimlarni xabardor qilish va maktabning ularga boʻlgan ehtiyojini tahlil qilish; ilgʻor pedagogik texnologiyalar tajribasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻrganish, oʻqitish va tarbiyalashning samarali texnologiyalarini amalga oshirishni tashkil qilish; taʼlim muassasasi faoliyatiga qoʻyilgan sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish. Bilishi kerak: didaktika tamoyillari pedagogika asoslari va yosh psixologiyasi, oʻqitishning umumiy va xususiy texnologiyalari, oʻzlashtirish metodikasi va oʻquv fanini metodik taʼminlash tamoyillari va muassasada taʼlim jarayonini tashkil qilish tizimini, uning faoliyat yoʻnalishlarini, muassasadagi pedagogik ishlarning samarali shakl va metodlarini aniqlash, umumlashtirish va tarqatish metodikasini; taʼlim tashkilotida tanlangan taʼlim dasturini oʻzlashtirishda taʼlim jarayoni xususiyatlari (oʻziga xosligi), taʼlim oluvchilarga qoʻyiladigan talablarni; taʼlim dasturlari boʻyicha taʼlim jarayonini tashkil etishning meʼyoriy-huquqiy hujjatlari, psixologik-pedagogik va tashkiliy-uslubiy asoslarini; taʼlim jarayonining dasturiy-uslubiy taʼminoti, oʻquv va boshqa hujjatlar, shu jumladan shaxsiy maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan hujjatlarni yuritish va ulardan foydalanish masalalarini tartibga soluvchi taʼlim tashkilotining lokal (ichki) normativ hujjatlarini; oʻquv rejasi, taqvim oʻquv rejasi, oʻquv predmetlar, kurslar, fanlar (modullar)ning ishchi dasturlari, boshqa tarkibiy qismlar, shuningdek baholash va uslubiy materiallarni ishlab chiqishning asosiy bosqichlarini; zamonaviy oʻquv va oʻquv-uslubiy qoʻllanmalarga, elektron taʼlim resurslariga va boshqa uslubiy materiallariga qoʻyiladigan talablarni; oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari tomonidan oʻquv predmetlar, kurslar, fan (modul)lar dasturlarini, amaliyotlarni, darslartahliliniamalga oshirilishini monitoring qilish va sifatini baholashni; oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining malakalarini (kompetensiyalarini) baholashning zamonaviy yondoshuvlari, usullari va monitoring qilish vositalarini; muassasa pedagogik xodimlari metodik uyushmalari ishi mazmuni va uni tashkil ettirish tamoyillarini; oʻquv-dasturiy hujjatlar, ixtisosliklar boʻyicha oʻquv rejalari, taʼlim dasturlari, oʻquv qurilmalarining namunaviy roʻyxati va boshqa oʻquv metodik hujjatlarni ishlab chiqish tamoyillari va tartibini; nashriyotlar bilan ishlash asoslarini, metodik va axborot materiallarini tartibga solish tamoyillarini, oʻquv qoʻllanmalari majmuasini yuritish, oʻqitishning audiovizual va interaktiv vositalariga asosiy talablarni. Malaka talablari: pedagogika yoʻnalishi boʻyichakamida bakalavr darajasidagi oliy maʼlumot; xorijiy tillardan birining boshlangʻich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi. Download 116.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling