1-§. Direktor Lavozim vazifalari
Download 116.58 Kb.
|
LAVOZIM VAZIFALAR KHM
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xodimlar toifasi Taʼlimning eng past darajasi
- 4-§. Direktorning ishlab chiqarish taʼlimi boʻyicha oʻrinbosari Lavozim vazifalari
- Bilishi kerak
- Malaka talablari
Klassifikator boʻyicha:
4-§. Direktorning ishlab chiqarish taʼlimi boʻyicha oʻrinbosari Lavozim vazifalari: ishlab chiqarish taʼlimi va amaliyoti jarayonini tashkil etish, professional taʼlimi standartlarida koʻzda tutilgan oʻquv rejalar va dasturlarning bajarilishini taʼminlash; bosh usta, oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini tanlash, joy-joyiga qoʻyish, ularning malakasini oshirish masalalarini tashkil etish; ishlab chiqarish taʼlimi va amaliyoti jarayonini boshqarish, ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining ilgʻor tajribalarini oʻrganish va umumlashtirish; bosh usta, oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining yillik, chorak va oylik ish rejalarini tasdiqlash va bajarilishini nazorat qilish; xom-ashyo materiallari sarfi hisobini va hisobdan chiqarish ishlarini muvofiqlashtirish, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar bilan bitiruvchilarni ishga taqsimlash va ishga joylashtirish jarayonini boshqarish va talabnomalar portfelini shakllantirish; ish beruvchilar talab va takliflariga asosan kadrlarga boʻlgan real ehtiyojni inobatga olgan holda, iqtisodiyot soha va tarmoqlari uchun zarur boʻlgan malakali mutaxassislarni tayyorlash; oʻquv jihozlari, qurilmalari va boshqa taʼlim vositalarining saqlanishini taʼminlash, kasb-hunar maktabi moddiy-texnika bazasini rivojlantirish ishlarini tashkil etish; pedagogik yuklamalarini bajarilishini nazorat qilish, oʻquv ishlab chiqarish ustaxonalari, oʻquv-mashq poligonlari, oʻquv xoʻjaliklarida mavjud texnik vositalar, jihoz va dastgohlardan toʻgʻri va maqsadli foydalanishni taʼminlash; oʻquv jarayoniga taʼlimning innovatsion shakllari, texnologiyalari va ishlanmalarini faol qoʻllab, uzluksiz professional taʼlim va ishlab chiqarishning oʻzaro hamkorligini taʼminlash; umumtaʼlim maktablarida kasbga yoʻnaltirish boʻyicha tadbirlarni Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining hududiy boʻlinmalari bilan hamkorlikda tashkil etish; umumtaʼlim va mutaxassislik fanlarining integratsiyalashgan dasturlari asosida taʼlim jarayonini kunduzgi shaklda amalga oshirish; mehnat muhofazasi talablari, sanitariya-gigiyena va xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilinishini nazorat qilish. Bilishi kerak: oʻquv-ishlab chiqarish ustaxonalari va laboratoriyalarini jihozlanish meʼyorlarini; sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilishni taʼminlash qoidalarini; kasb-hunar maktabi va oʻqituvchilar faoliyatini tahlil qila olishni, muammolarini aniqlash va ularni hal qilishning samarali yoʻllarini topishni; metodik tavsiyalar, oʻquv rejalari va dasturlar, qoidalar, nizomlar, lavozim yoʻriqnomalarini ishlab chiqishni, ishlab chiqarish majlislari va suhbatlar oʻtkazishni; kasb-hunar maktabi faoliyatini zamonaviy texnologiyalar asosida monitoring qilishni, oʻquv jarayonida ilgʻor pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni qoʻllashni. Malaka talablari: kasb-hunar sohasi yoki umumkasbiy va maxsus fanlardan biri boʻyicha oliy maʼlumot, taʼlim tizimidagi yoki kasb-hunar soha yoʻnalishiga mos ishlab chiqarishdagi 3 yildan kam boʻlmagan amaliy ish staji; ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega boʻlgan shaxslarga ish staji talab etilmaydi; xorijiy tillardan birining boshlangʻich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi. Download 116.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling