1 – laboratoriya ishi. O‘tkazgichning qarshiligini o‘zgarmas tok ko‘prigi yordamida aniqlash
Download 60.15 Kb.
|
1 2
Bog'liq1 laboratoriya O‘tkazgichning qarshiligini o‘zgarmas tok ko‘prigi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sinov savollari
Ishni bajarish tartibi
1. 2.1-rasmda ko‘rsatilgan sxema yig‘iladi. Bunda noma'lum qarshilik Rx sifatida reostat, Ro qarshilik sifatida esa qarshiliklar magazinidan foydalanish mumkin. 2. Reoxordning kontaktini qarshilikning o‘rtasiga qo‘yiladi. 3. Aniqnayotgan qarshilikning tartibini aniqlanadi. Buning uchun qarshiliklar magazinida kichik qarshilikni o‘rnatish kerak, masalan, 1 . Zanjirni ulanadi. Bunda galvanometrning strelkasi og‘adi, masalan chapga. Zanjirdan o‘tayotgan tok simlarning qizishiga olib kelishini hisobga olgan holda uni qisqa vaqtga ulash lozim, chunki zanjirning qarshiligi o‘zgarib qolishi mumkin. So‘ngra qarshiliklar magazinida katta qarshilik (1000 atrofida) o‘rnatiladi va zanjirni yana ulanadi. Galvanometrning strelkasi yana og‘adi. Agar strelka yana o‘sha tomonga og‘sa, qarshilikni yana orttirish kerak. Qarshilikni orttira borib strelkaning boshqa tomonga og‘ishiga erishish kerak. 4. Sirpanuvchi D kontakt siljitilib ADl1 uzunlikni 30 cm qilib olinadi va qarshiliklar magazinidagi qarshilikni o‘zgartirib galvanometrdan o‘tayotgan tokni nolga keltirish kerak. l1 va l2 uzunliklar, hamda Ro qarshilikni jadvalga yozib olinadi. (l100 cm). 5. Olingan qiymatlarni (2.5) formulaga qo‘yib, Rx1 hisoblanadi. 6. Rx1 qarshilik o‘rniga boshqa Rx2 qarshilik ulanadi va 2, 3, 4, 5 punktlar takrorlanadi. 7. Rx1 va Rx2 larni ketma-ket va parallel ulab, 2, 3, 4 punktlar takrorlanadi. (2.5) formulaga asosan Rx kk va Rx par umumiy qarshiliklar topiladi. 8. Rx kkRx1Rx2 formulaga 5 va 6 punktlarda olingan qiymatlar qo‘yilib, nazariy hasoblashlar bajariladi. So‘ng 7 va 8 punktdagi natijalar taqqoslanadi. 9. Rpar formulaga 5 va 6 punktlarda olingan qiymatlar qo‘yilib, nazariy hasoblash bajariladi. So‘ng 7 va 9 punktdagi natijalarni taqqoslanadi. 10. Natijalar quyidagi jadvalga yoziladi.
Sinov savollari 1. Kirxgofning 1 va 2 qoidalari qanday ifodalanadi? 2. Galvanometrdan tok o‘tayotgan va o‘tmayotgan hollar uchun Kirxgofning tenglamalarini yozing. 3. Potensial va potensial tushuvi deb nimaga aytiladi? 4. Tokning mavjud bo‘lish shartini ayting. 5. O‘tkazgichning qarshiligi qanday fizik kattaliklarga bog‘liq? 6. Qisqa tutashuv va o‘ta o‘tkazuvchanlik hodisalarini tushuntiring. Bu hodisalarning texnikadagi ahamiyati qanday? Adabiyotlar 1. O.Axmadjonov, Fizika kursi, T.2, T., ”Uqituvchi” 1989. 2. A.A.Detlaf, B.M.Yarovskiy ”Fizika kursi“, M.”Akademiya“, 2007. Download 60.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling