Suyaklarning birikishi, bo’g’im va bo’g’im xillari. Odam tanasidagi suyaklarning barchasi bir-biri bilan ikki xil: harakatsiz va harakatli birikadi.
Suyaklarning harakatsiz birikishiga bosh, umurtqa, chanoq suyaklarining bir-biri bilan tutashuvi misol bo'ladi. Ular boylamlar, tog'aylar, suyak choklari yordamida bir-biriga birikadi. Bosh suyagi peshona, tepa, chakka, ensa kabi alohida suyaklardan iborat bo'lib, bola o'sgan sari chok yordamida bir-biriga birikib, yaxlit bosh suyagini hosil qiladi. Bu suyaklar bir-biriga uzluksiz-zich birikkanligi uchun harakatsiz bo'ladi.
Suyaklarning harakatli, ya'ni bo'g'im hosil qilib birikishiga qo'l va oyoqlarning bo'g'imlari kiradi: yelka, tirsak, kaft usti, son-chanoq, tizza, boldir-tovon hamda qo'l va oyoq panja suyaklarining bir-biri bilan bo'g'im hosil qilib birikishi misol bo'ladi. Bo'g'im hosil qilib birikuvchi 2 ta suyakdan birining uchi qavariq, silliq, ikkinchisining uchi esa botiqroq bo'ladi. Bo'g'im 3 qismdan: bo'g'im xaltachasi, suyaklarning birikish yuzasi va bo'g'im bo'shlig'idan iborat. Bo'g'im xaltachasi tashqi va ichki qavatdan tashkil topgan. Ichki qavatning pardasidan moysimon sinoviy suyuqlik (bo'g'im moyi) ishlab chiqariladi. Bu suyuqlik bo'g'im yuzasini moylab ishqalanishni kamaytiradi. Bo'g'im tashqi tomondan paylar bilan o'ralib, uning mustahkamligini ta'minlaydi.
Bola skeleti potologiyasi. Har bir odam o‘z tanasini
odatlangan holatda erkin tutishi qad-qomat deyiladi. Qad-qomat
shakllanishida ayniqsa umurtqa pog‘onasining, ko‘krak qafasi, qo‘1 va
oyoq suyaklari hamda tana muskullarining rivojlanishi muhim ahamiyatga
ega. Odam qad-qomatining to ‘g‘ri bo’lishi muskullar tonusiga, nerv
sistemasining holati, hayoti mobaynida gavdasini tutishi, jismoniy mashq
bilan shug‘ullanishi, turli kasalliklar bilan kasallanishiga bog’liq.
Anatomik nuqtai nazardan, to‘g‘ri qad-qomat deyilganda, umurtqa
pog'onasi bir me’yorda to’lqinsimon, bosh va bo'yining tanaga nisbatan
to‘g‘ri va tik, ikkala yelka va ikkala ko‘krak bir tekislikda, qorin bir oz
ichga tortilgan, ko‘krak qafasi bir oz qorindan oldinga chiqib turgan,
oyoqlari tik va to'g'ri holatda bo’lib, ularni juftlashtirganda tovonlar,
tizzalar bir-biriga tegib turadigan holat tushiniladi. Qad-qomatning noto‘g‘ri shakllanishi bir necha xil bo’ladi: cho‘zilgan, egilgan, kifotik, lordotik va skolitik qad-qomat. Egilgan qad-qomatli odamlar tik turganda, boshi bir oz oldinga egilgan, yelkalari oldinga osilgan ko‘krak qafasi botiqroq, qorin oldinga chiqqan bo‘ladi. Bunday holat skelet muskullari ayniqsa, gavdaning orqa qismidagi muskullar
yaxshi rivojlanmaganligi va kuchsiz bo’lishi tufayli yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |