Skolioz tayanch-harakat apparati kasalliklariga kiradi, u umurtqa
pog'onasining yon tom onga qiyshayishidir. Kasallik o‘z vaqtida
davolanmasa, uzoq yilga cho‘ziladi va oqibat natijada ko‘krak qafasi
bo‘shlig‘idagi hayotiy mühim organlarga zarar yetadi. Bu kasallikda
ko‘pincha umurtqa pog‘onasining shakli buziladi. Skoliozning og‘ir-engil
kechishi umurtqa pog‘onasining qanchahk qiyshayganiga bog‘liq.
Qobirg‘alar uchining bir oz bo‘rtganhgi 10° qiyshayishi skoliozning
birinchi darajali belgisi qovurg‘alarda bukirlik hosil bo’lib qiyshayish burchagi 30° gacha bo‘lsa ikkinchi darajali, qiyshayish burchagi 30-50°
bo'lganda skoliozning uchinchi darajasi va nihoyat qiyshayish burchagi
50° dan ortsa, skoliozning to‘rtinchi darajasi rivojlangan bo‘ladi.
0‘quvchilar o‘qish jarayonida umurtqa pog'onasining juda zo‘riqishi
skoliozga sabab bo‘ladi. Umumiy ta’lim maktablarida, maktab
internatlarda shifokorlar, biologiya o‘qituvchilari o‘quvchilarni vaqtivaqti bilan tekshirib turishi, o‘quv muassasalarida o‘quvchilaming o‘qishi,
mehnat qilishi uchun zarur gigiyena sharo’lti yaratib berilishi shart.
Ayniqsa bog‘cha, kichik maktab yoshidagi bolalarni tekshirib, skolioz
bor yo‘qligini aniqlash va zo‘rayib ketmasligi uchun chora-tadbirlar
ko‘rish mühim ahamiyatga ega. Noto‘g‘ri o‘tirish natijasida umurtqa pog‘onasining yon tomonga egilishi (skolioz). Bolalar va o‘smirlar tez o‘sib rivojlanadilar. Bu avrda ularning ovqatlanishiga katta e’tibor berish kerak. Bolalar ovqatida vitaminlar,
ayniqsa vitamin D, tuzlar (ayniqsa kalsiy tuzlari) yetarli bo‘lmashgi, oyoq
suyaklarini noto‘g‘ri shakllanishiga sabachi bo‘lishi mumkin. Buning
oqibatida oyoqlar X simon yoki O simon qiyshayadi. Oyoqlarning X-simon shaklida oyoqning tizza qismlari bir-biriga tegib turganda tovonlar bir-biridan uzoqlashadi. Oyoqlarning O-simon shaklida, aksincha tovonlar bir-biriga tegib turganda, tizzalar bir-biridan yiroqlashgan holatda bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |