Qorin muskullari. Qorin bo'shlig'ini o'rab turadigan devorlar qorinning
tashqi muskuli, ichki qiyshiq muskuli, ko'ndalang to'g'ri muskullaridan
iborat. Qorin bo'shlig'ining pastki devori yoki kichik chanoq tubi ham
muskullardan tashkil topgan bo'lib, oraliq deb ataladi. Oraliq qorin
bo'shlig'idagi organlarni past tomonlan tutib turadi va shu bilan bir vaqtda
orqa teshik hamda siydik-tanosil apparatining sfinkteri vazifasini bajaradi.
Qol-oyoq muskullari. Qo'l muskullari orasida yelka kamari muskullari
va erkin qo'l muskullari tafovut qilinadi. Yelka kamari muskullari
jumlasiga: deltasimon, o'q usti, o'q osti va kurak osti muskullari kiradi.
Erkin qo'l muskullariga yelka, bilak va qo'l panjasi muskullari kiradi.
Oyoq muskullari. Oyoq muskullari jumlasiga chanoq muskullari va
erkin oyoq muskullari kiradi. Erkin oyoq muskullariga son, oldingi katta boldir va orqa kichik boldir muskullari kiradi.
Oyoq panjasi muskullari. Bular oyoq panjasining orqa va tag
muskullariga bo'linadi. Oyoq panjasi tagining hamma muskullari zich
fastsiya bilan qoplangan. Ular oyoq panjasi suyak-muskul skeletini gumbazsimon holatda ushlab turadi.
Muskullarning ishi. Muskullarning kuchi tolalarining ko'ndalang
kesimiga, ko'p-ozligiga bog'liq. Muskulning har bir santimetri o'rta
hisobda 10 kg yuk ko'taradi. U larning ishi nerv sistem asining
qo'zg'aluvchanligiga, mashq qilishiga, tashqi sharoitga bog'liq, muntazam
ravishda mashq qilib turgan odamning muskullari baquvvat bo'ladi, qon
tomirlar bilan yaxshi ta’minlanadi, organizmda energiya va moddalar almashinuvi kuchayadi. Muskullar egiluvchan, bir oz yopishqoq bo'lib, tashqi muhit ta’sirida
cho'ziladi yoki qisqaradi. Qisqarganda bo‘g'imlarda harakat vujudga
keladi. Muskullar bo'g'imdan o'tishiga qarab bir bo'g'imli (masalan,
deltasimon muskul) va ko'p bo‘g‘imli (masalan, barmoqlarni bukuvchi
chuqur muskul) bo'ladi. Muskullar bo'g'imlardagi harakatda ishtirok
etishiga qarab, sinergist va antagonist muskullarga bo'linadi. Sinergist
muskullar qisqarganda umumiy harakat vujudga keladi. Masalan, yelka,
bilak va yelkaning ikki boshli muskullari qisqarganda tirsak bo'g'imida
bukish harakati sodir bo'ladi. Antagonist muskullar qisqarganda qaramaqarshi harakatlar vujudga keladi. Masalan, yelka, yelka-bilak va yelkaning
ikki boshli muskullariga yelkaning uch boshli muskuli antagonistdir. U
qisqarsa, tirsak bo'g'imida yozish harakati sodir bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |