1- ma’ruza. Kirish. O’sish va rivojlanish qonuniyatlari. Tayanch-harakat tizimining yoshga oid xususiyatlari va gigiyenasi. Nerv tizimining yoshga oid fiziologiyasi va gigiyenasi. Oliy nerv faoliyati va uning yoshga oid xususiyatlari. Reja


Download 154.48 Kb.
bet23/44
Sana09.06.2023
Hajmi154.48 Kb.
#1473401
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   44
Bog'liq
1- Ma\'ruza. Kirish. O\'sish va rivojlanish qonuniyatlari

Yassioyoqlik. Odam tovon-kaftining pastki qismi tayanchharakatlanish tizimining muhum qismi hisoblanadi. U tuzilish xususiyatiga
ko‘ra tananing ressori vazifasini bajarishga moslashgan.
Normal rivojlangan oyoq tovon-panja yuzasi sathining ko‘proq qismi
o‘yiqroq (chuqurroq), ozroq qismi gumbaz shaklida bo’ladi. Bunday
tuzilishi tana og‘irligining oyoqni tovon va kaft qismlariga baravar taqsimlanishini ta ’minlaydi. Yassioyoqlikda tovon-kaft yuzasining (gumbaz qismi) kengayib, o‘yiq
(chuqur) qismining sathi kamayadi, ba’zida esa oyoq yuzasining butun
sathining gumbaz qismi egilib, tekis bo’lib qoladi. Natijada tovonkaftning ressorlik vazifasi buziladi va quyidagi belgilar yuzaga keladi:
bunday odam uzoq vaqt tik turganda, ko‘proq yurganda, yugurganda, og‘ir yuk ko‘targanda oyog‘ining tovon-panja va boldir muskullarida og‘riq paydo bo’ladi; yassioyoqli um urtqa pog'onasi va chanoq suyaklarining egrilanishiga va qadqomatning buzilishiga ham sabab bo’ladi. Chunki bunday odam tanasini tik va to‘g‘ri tuta olmaydi. Yassioyoqlik odamlar yurganida oyoqlarini keng tashlab, qo‘llarini yon tomonlarga silkitib, lapanglab yuradi, chunki yurgan vaqtda tanasining og‘irligi oyoq yuzasiga baravar taqsimlanmasligi natijasida tovon-kaft
muskullari tez charchaydi va ularda og‘riq seziladi. Bunday odamlar ko‘proq tik turganida va yurganida oyog‘ining kaft yuzasi yana kengayadi va ertalab mos bo‘lgan poyabzal kunning ikkinchi yarmid oyoqni qisa boshlaydi.
Yassioyoqlik tananing massasi ko‘proq tovon-kaftning ichki tomoniga
tushadi. Shuning uchun bunday odamlaming poyabzali ichki tomonga qiyshayib, u tezda yaroqsiz holga kehb qoladi. Yassioyoqlik tug‘ma va hayotda orttirilgan bo‘ladi. Tug‘ma bo‘lishi bu nasldan naslga berilishi yoki bolaning embrion rivojlanishi davrida ona organizmiga tashqi muhitning biron noqulay ta’siri natijasida sodir bo‘lishi mumkin. Y assioyoqlikning tug'ilgandan keyin yuzaga kelish sabablari quyidagilardan iborat: - bolani juda yoshligidan (8-10 oyligidan) boshlab yurgizish va uni uzoq vaqt oyog'ida tik turg‘izish;
- Yosh bolaga poshnasiz yumshoq poyabzal kiygizish;
- 0‘quvchilar kun bo‘yi poshnasiz sport poyabzalida yurishi (sprot
poyabzalini faqat mashg'ulot vaqtida kiyish kerak);
- Poshnasi baland, uch tom oni tor, orqa tomoni keng bo‘lgan
poyabzallarni kiyish;
- Og‘ir yuk ko‘tarish ham yassioyoqlik yuzaga kelishiga sabab bo’ladi.
Ana shularni hisobga olib, yassioyoqlikning oldini olishga e’tibor berish
kerak.

Download 154.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling