1- ma’ruza. Kirish. O’sish va rivojlanish qonuniyatlari. Tayanch-harakat tizimining yoshga oid xususiyatlari va gigiyenasi. Nerv tizimining yoshga oid fiziologiyasi va gigiyenasi. Oliy nerv faoliyati va uning yoshga oid xususiyatlari. Reja
Kifotik qad-qomatli odamlarda kuraklar qanotga o‘xshab ko'tarilib, orqa yelka qismi do‘mbayib, bukir holat yuzaga keladi. Lordotik
Download 154.48 Kb.
|
1- Ma\'ruza. Kirish. O\'sish va rivojlanish qonuniyatlari
Kifotik qad-qomatli odamlarda kuraklar qanotga o‘xshab ko'tarilib,
orqa yelka qismi do‘mbayib, bukir holat yuzaga keladi. Lordotik qad qomatli odamlar gavdasining orqa qismi tekis yoki bir oz botiqroq, ko‘krak qafasi yassi, qorni oldinga chiqqan bo‘ladi. Bunday holat umurtqa pog‘onasining bel qismi me’yordan ko‘proq oldinga bukilishi, bo‘yin qismida esa oldinga kamroq bukilishi, hamda qorin devori muskullarining kuchsiz rivojlanganligi tufayli yuzaga keladi. Skoliotik qad-qomatli odam tik turganda yelkalarining biri past, ikkinchisi baland, ko'kraklari ham past, baland, ko‘krak qafasining bir tomoni bo‘rtganroq, ikkinchi tomoni botiqroq holatda bo’ladi. Bunday odam gavdasini to‘g‘ri va tik tuta olmaydi, tik turganda gavdasi bir tomonga qiyshaygan holatda bo‘ladi. Bolaning qad-qomati normal shakllanishi uchun bir qator gigiyenik qoidalarga rioya qilish kerak. Qad-qomatning to‘g‘ri shakllanishiga bola tug‘ilishidan boshlab e’tibor berish lozim. Yangi tug‘ilgan bolaning oyoq-qo‘llarini to‘g‘ri parvarish qilish, to‘g‘ri yo‘rgaklash, beshikda yotgaııda oyoq-qo‘llarini to‘g‘rilab belash, ko'krak qafasini qattiq bog'lamaslik kerak. Bola bir yoshda yura boshlaydi. Bu davrdan boshlab bolaning qad-qomatiga e'tibor berish lozim. Bolani olti oylik bo‘lguncha o‘tqizmaslik, o‘n oylik bo’lguncha oyog‘ida uzoq vaqt tik turg‘izmaslik kerak, chunki bu yoshdagi bolalaming umurtqa pog‘onasi, oyoq suyaklari egiluvchan bo’lganligi sababli tana og‘irligini ko‘tara olmasdan, egrilanib qolishi mumkin. 4-5 yoshgacha bo‘lgan bolalalami katta odamlar uzoq vaqt qo‘lidan yetaklab yurm asligi kerak, chunki bolaning bir tom oni yuqoriga ko‘tarilishi tufayli umurtqa pog‘onasi egrilanib qolishi mumkin. Bolaning 6-7 yoshdan qad-qomati shakllana boshlaydi. Shuning uchun boshlang'ich sinf o‘quvchilari uzoq vaqt bir joyda o‘tirmasligi, tik turmasligi, uzoq masofaga yurmasligi, og‘ir buyumlarni ko‘tarmasligi, ayniqsa do’lm faqat bir qo‘lida ish bajarmasligi, bo‘ylariga mos parta, stol-stullarda o‘tirishi kerak. 0‘quvchilar parta, stol-stulda o'tirganda quyidagi qoidalarga rioya qilishi zarur: o'tirganda gavdasi tik, yelkalari bir tekisda, beli stul (parta) suyang‘ichiga suyanib tursin, oyoqlari tizza bo‘g‘imida to‘g‘ri burchak hosil qilib bukilsin, oyoq kaftining hamma yuzasi polga baravar tegib tursin, ko‘krak bilan parta qirrasi orasida 10 sm. ga yaqin masofa bo’lsin. Yurganda boshni tik tutib, o‘rtacha qadam tashlash, lapanglab, bir qo‘lni cho‘ntakka solib, qiyshayib yoki uyalib, engashib yurmaslik, mehnat darsida gavda holatini, mehnat turini tez-tez o‘zgartirib turishi kerak. Bolalar va o‘smirlarda ko'pincha tovuq ko'krak, etikdo‘z ko‘kragi, skoliozning tu rli shakllari, yassi oyoqlik, m uskullarni yetarli rivojlanmasligi, bo‘g‘imlarning kasallanishi kabi nuqsonlar tufayli qadqomat buziladi. Bola yoki o‘smirni oyoq kiyimining tor yoki keng bo’lishi ham qad-qomatning buzilishi sabab bo’lishi mumkin. Bolaning tunda uxlashiga ham e’tibor qaratish lozim. Bola gadasini to'giilab tekis joyda, biroz qattiq o‘rin ko‘rpada uxlashi kerak. Ba’zi bolalar gujanak bo’lib uxlaydilar. Bunday holat ham qad-qomatga ta’sir qiladi bolalar va o'smirlar qad-qomatni to‘g‘ri shakllanishiga yordam beradigan jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishga yoshlikdan o’lgatish lozim. Masalan: gimnastika, suvda suzish, valeybol, tumirda tortilish va boshqalar. Qad-qomatning buzilishidan faqat odam ning ko'rin ishi o'zgarmasdan, balki u ichki organlar (o‘pka, yurak, jigar, buyrak, oshqozon va ichak lcabilarning) rivojlanishi va funksiyasiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunday odamlar jismoniy mehnat qilganida, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanganida nafasi qisadi, yurak urishi tezlashadi, tez charchaydi. Qad-qomatning shakllanishi 18 yoshgacha davom etadi. Shuning uchun shu yoshgacha o‘smirlar yuqorida ko‘rsatilganlarga amal qilsalar ularning qad-qomatlari to‘g‘ri va chiroyli bo’lib shakllanadi. Bolani qad-qomati o‘g‘ri shakllanishini ota-onalar, o‘qituvchilar, tarbiyachilar tizimli ravishda kuzatib borishlari, turli chora-tadbirlarni amalga oshirishlari lozim. Download 154.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling