1- ma’ruza. Kirish. O’sish va rivojlanish qonuniyatlari. Tayanch-harakat tizimining yoshga oid xususiyatlari va gigiyenasi. Nerv tizimining yoshga oid fiziologiyasi va gigiyenasi. Oliy nerv faoliyati va uning yoshga oid xususiyatlari. Reja
Download 154.48 Kb.
|
1- Ma\'ruza. Kirish. O\'sish va rivojlanish qonuniyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muskul tizimi
Osteoporoz (lotincha osteoporoz) - skeletning surunkali progressiv tizimli metabolik kasalligi yoki boshqa kasalliklarda o'zini namoyon qiladigan klinik sindrom bo'lib, u suyak zichligining pasayishi, ularning mikroarxitektonikasining buzilishi va suyaklarning buzilishi tufayli mo'rtlikning kuchayishi bilan tavsiflanadi. Katabolizmning suyak hosil bo'lish jarayonlaridan ustunligi bilan metabolizm, suyaklar mustahkamligining pasayishi va sinish xavfi ortishi. Ushbu ta'rif osteoporozni tayanch-harakat tizimi va biriktiruvchi to'qima kasalligi (ICD-10) sifatida tasniflaydi va uni "metabolik yoki metabolik kasallik" tushunchasi bilan toidiradi. 20 oktyabr - Butunjahon osteoporoz kuni.
Muskul tizimi Odam organizmida 600 dan ortiq muskul bo'lib, katta yoshli odam tanasi vaznining 45-50% ni tashkil qiladi. Odamning harakatlari, mehnat faoliyati, nutqi, nafas olish harakatlari va boshqa fiziologik funksiyalari muskullarning guruh-guruh bo'lib, reflektor harakat qilishi natijasida sodir bo’ladi. Muskullar atrof-muhitdagi turli omillarning sezgi organlariga ta’sir qilishi va ana shu ta’sirning markazga intiluvchi nervlar orqali bosh miyaga yetib borib, analiz-sintez jarayonlari natijasida markazdan qochuvchi nervlar orqali muskullarga kelishi tufayli harakatlanadi. Bundan tashqari, ichki organlarning faoliyati skelet muskullarining funksional holatiga reflektor ravishda ta’sir etadi. Muskullar harakatlanish organi bo'lib, nerv tolalari va biriktiruvchi to'qimalardan tuzilgan. Muskul to'qimasi hujayralardan tashkil topgan, bo'lib, hujayraning ichidagi qisqaruvchi tolalar miofibrillar deb ataladi. Muskul to'qimasining tuzilishi va funksiyasiga ko'ra ko'ndalang yo'lli va silliq muskullarga ajratiladi. Ko'ndalang yo'lli muskullar, asosan skelet muskullari bo'lib, silliq tolali muskullar esa ichki organlar, qon tomirlar devorida uchraydi. Muskul muskul tolalari yig'indisidan iborat bo'lib, bu tolalar biriktiruvchi to'qima yordamida o'zaro birikkan. Muskul tashqi tomondan ham biriktiruvchi to'qima bilan o'ralgandir. Har qanday muskulning boshlanish qismi - boshi va birikish qismi - dumi bo'lib, keng tanasi, ya’ni qorni muskul tolalaridan tuzilgan. Muskul boshi bilan tanaga yaqin suyakka, dumi bilan tanadan uzoqroqdagi suyakka birikib, qisqarganda bo'g'imda harakat sodir bo'ladi. Muskul tolalarining yo'nalishiga qarab duksimon, yarim patsimon, ikki yoqlama patsimon, tasmasimon va ikki qorinchali bo'lishi mumkin. Har qaysi muskul tashqi tomondan biriktiruvchi to'qimadan tuzilgan yupqa parda bilan o'ralgan, bu parda fastsiya deb ataladi. Fastsiya alohida muskulni, bir qancha muskulni va muskullarning hammasini o'rab turishi mumkin. Yumaloq muskullar og'iz, ko'z atrofida uchraydi. Kalta yo'g'on muskullar baquvvat bo'lib, yuqorigi, pastki kamarlarda va gavda orasida uchraydi (masalan, dumbaning deltasimon muskullari). Organizmdagi muskullar boshlanish, birikish joyiga ko'ra, yelka-bilak muskuli, funksiyasiga ko'ra, chaynash muskuli, bukuvchi muskullar va hokazo, tuzilishiga ko'ra, ikki boshli yarim payli muskul va boshqalar; joylashishiga ko'ra peshona, yelka muskullari va hokazo; shakliga ko'ra trapetsiyasimon, rombsimon muskullar deb ataladi va hokazo. Download 154.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling