1- ma’ruza kirish
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
18-Ma'ruza
Havoni aeroionizatsiyalash. Atrofimizdagi havoda neytral atomlar, molekulalar va
uning tarkibiga kiruvchi gazlarni ionlari mavjud. Havo ionlari yoki aeroionlar gazlarni neytral atomlari va molekulalari elektronlarni o‗ziga qo‗shganda yoki elektronlarni berganda hosil bo‗lishadi. Bunda ular manfiy yoki musbat zaryad olishadi. Manfiy aeroionlar biologik jaraenlarni stimullab, tirik organizmlarga yaxshi ta‘sir etishlari isbotlangan. Havoni tabiiy ionizatsiyalanishi tuproq va havodagi radioaktiv moddalar hamda kosmik nurlar ta‘sirida sodir bo‗ladi. Havoni 1 sm 3 -da tashqarida 700…1000, xonalarda 100-dan kam aeroionlar bo‗ladi. Tirik organizmlar turadigan xonalarda, masalan chorvachilik fermalarda, manfiy aeroionlarni oz miqdordaligi to‗siqlar va turli uskunalarni ekranlovchi ta‘siri, gaz ionlarini juda mayda suyuq yoki qattiq zarrachalari bilan birlashib, og‗ir ionlarni hosil bo‗lishiga olib keluvchi havoni yuqori namligi va changlanganligi bilan tushuntiriladi. Nafas oluvchi organizmlar chiqaradigan havoda ham og‗ir ionlar bo‗ladi, ular ichida musbat zaryadlanganlari ko‗proq. Bu organizmlarni fiziologik xolatiga salbiy ta‘sir qiladi. SHuning uchun xonalarda havoni neytral zarrachalarini sun‘iy ionlashtirib, manfiy aeroionlarni ma‘lum konsentratsiyasini doim ushlab turish kerak. CHorvachilik va parrandachilik xonalarini aeroionlashtirish uchun qo‗llaniladigan uskunalar hayvonlar va parranda turadigan zonani havo muhitini kerakli miqdorda engil manfiy ionlar bilan to‗ldirib turishi kerak va ularga hamda xizmat qiluvchi personalga qandaydir manfiy ta‘sir qilmasligi kerak. Bu talablarga toj razryadni qo‗llovchi elektr aeroionlashtirgichlar javob beradi. CHorvachilik va parrandachilik xonalarini havosini aeroionlashtirish uchun qo‗llaniladigan razryadlanuvchi oraliqlarda tojlanuvchilar sifatida ignali elektrodlar yoki kichik diametrli sim ishlatiladi, ularga yuqori voltli manbaadan 10…80 kV manfiy potensial beriladi. Ikkinchi elektrod sifatida xonalarni to‗siqlari xizmat qiladi, asosan manbaani musbat qutbi bilan er orqali galvanik aloqaga ega pol. Ignali razryadlanuvchi uskuna kvadrat yoki uchburchak katakchali metall to‗rdan iborat bo‗lib, uni tugunlarida uzunligi 20…40 mm va egrilik radiusini uchi 0,1…0,3 mm bo‗lgan po‗lat ignalar bo‗ladi. Simli to‗r metall trubkadan tayyerlangan ramaga tortiladi. Ramani lyustraga o‗xshatib bitta yoki bir nechta yuqori voltli izolyatorlarga ship sirtiga osib qo‗yiladi. Ignalar uchlari maydon tomon qaratilgan. Bu aeroionlashtiruvchi uskuna CHijevskiy lyustrasi nomini oldi. Ignali razryadlanuvchi uskunalar katta bo‗lmagan xonalarda aeroionlarni tekis taqsimlanishini ta‘minlaydilar. Ular xonalarda yoki hayvonlar turadigan zonada havoni lokal ionlashtirish uchun qo‗llaniladi. Simli tojlanuvchi elektrodlar katta hajmli xonalarda ionlarni etarlicha tekis taqsimlanishini ta‘minlaydilar. Bunda tojlanuvchi elektrodlarni xonani shipiga yoki devorlariga mahkamlangan yuqori voltli izolyatorlar yordamida montaj qilinadi. 78 Manfiy aeroionlarni elektrod o‗qiga perpendikulyar sirtdagi maksimal konsentratsiyasi sim ostida hosil bo‗ladi va uning o‗qidan uzoqlashgan sari kamayadi. Mexanik mustahkamlik shartlariga ko‗ra simni diametrini minimal ruxsat etilganday qabul qilinadi (0,1 mm-gacha). Elektr maydonni toj razryad hosil bo‗ladigan kuchlanganligini kritik deyiladi. Uni Pikni empirik ifodasidan topiladi: Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling