1- ma’ruza kirish
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
18-Ma'ruza
Rasm 12.3. Kontaktlab elektrlantiruvchi qurilma 1-bunker, 2-qiya sirt, 3-silindrsimon elektrod, 4-metall to‗r, 5-sirtsimon elektrod. Qattiq va suyuq zarrachalarni cho‗ktiruvchi elektrostatik qurilmalar-elektrofiltrlar. Atmosferaga sanoat chiqarib tashlaydigan chiqindilar. Ular katta hajmdagi gazlarni yuqori effektivlik bilan tozalash uchun ishlatiladi. Ko‗p sanoat korxonalari (metallurgiya, kimyo, sement, qurilish materiallari zavodlari, qozonxonalar va boshqalar) atrof muhitni ifloslovchi manbalardir. Ular atmosferaga katta miqdorda chang-qurum tomchilarini chiqarib tashlaydilar. Bu zarrachalarni havodagi tarkibi (havoda muallax turishi) har xil disperslilikka ega. Katta dispersli zarrachalar (o‗lchamlari 1 mikrometrdan katta) gaz oqimidan mexanik filtrlar bilan olib tashlanishi mumkin, bu filtrlar siklon deyiladi. Mayda dispersli zarrachalar aerozollar deyiladi. Aerozollar gaz harakatini kichik tezliklarida ham muallax xolatda bo‗lishadi. Bunday zarrachalarni gaz oqimidan elektr filtrlari bilan olib tashlash eng effektivdir. Elektrostatik seperatorlardagi kabi bu erdagi jarayon ikki bosqichga ega: zarrachalarni elektrlashtirish va ularni elektrostatik maydon yordamida yunalishini o‗zgartirish. Zarrachalar gaz oqimida muallax xolatda bo‗lganligi sababli ularni qaysidir sirt bilan tuqnashtirish iloji yo‗q, shuning uchun bu erda kontaktli elektrlashtirish usuli ishlatilmaydi. Ionli elektrlashtirish. Elektr filtrlarda ionli elektrlashtirish usuli qo‗llaniladi, bu usulda chiqarib tashlanayotgan gaz oqimidagi zaryadlangan zarrachalar aerozollar bilan tuqnashib, ularga elektr zaryadlarini berishlari mumkin va ular bilan teskari qutbli elektrodlarga elektr maydon kuchi bilan tortilishlari mumkin. Ammo bu 76 jarayonda hosil buladigan tok (zarrachalarni elektrodlar tomon oqimi) gazdagi zaryadlangan zarrachalarni ozligi sababli juda kichik. Toj razryad. Ionlashgan zarrachalarni sonini ko‗paytirish uchun toj razryad hosil qilinadi va u elektron oqimini keskin ko‗paytiradi. Toj razryad hosil qilgan shu elektronlar gaz oqimidagi aerozollar bilan tuqnashib, ularga elektr zaryadlarini beradi. Toj razryadi – kuchli bir jinsli bo‗lmagan elektr maydonlar uchun xarakterli razryadlar shakllarini bittasi. Bunday razryad hosil qilish uchun razryadlanuvchi oraliqni elektrodlaridan hech bo‗lmasa bittasi egrilikni katta bo‗lmagan radiusiga ega bo‗lishi kerak. Razryadlanuvchi oraliqqa ma‘lum kuchlanish berilganda egriligi kichik radiusli elektrodni yaqinida kuchlanganlik 15 kV sm va undan ham yuqoriga etadi. Bunda uning atrofida gaz atomlarini intensiv zarbali ionlanishi boshlanadi, mos qutbli elektrodlar tomon harakatlanuvchi musbat va manfiy zaryadlangan ionlar hosil bo‗ladi. Havoni ionlanishi bilan bir yo‗la musbat ionlar va elektronlarni rekombinatsiya jaraeni kechadi, ular birlashib, atomlar neytral xolatga qaytishida katta miqdorda fotonlarni ajratishadi, shu tufayli o‗ziga xos yog‗du hosil bo‗ladi. Bu, egriligi kichik radiusli elektrodni atrofidagi nurlanuvchi xudud tojlanuvchi qatlam, yoki ichki zona, yoki toj g‗ilofi nomini oldi, elektrod esa tojlanuvchi deyildi. Havo oralig‗ini tojni tashqi zonasi deyiladigan qolgan qismida o‗tkazuvchi kanal hosil bo‗lmaydi va elektrodlararo oraliq Rasm 12. 4. Elektrofiltrda zarrachalarni elektrlashtirish va cho‗ktirish sxemasi: 1-o‗zgarmas EYUK manbasi, 2-gazdagi changni zarrachalari, 3-toj chegaralari, 4- tojlanuvchi elektrod, 5-cho‗ktiruvchi elektrod, 6-elektronlar, 7-musbat ionlar, 8- manfiy zaryadlangan ionlar. izolyasiyalovchi xususiyatlarini to‗la yo‗qotmaydi. Oraliq to‗la teshilishi uchun elektrodlar orasidagi kuchlanish yana ko‗paytirilishi kerak. Tojlanuvchi qatlamda hosil bo‗lgan manfiy ionlar va elektronlar elektr maydonni kuch chiziqlaridan harakatlanib, toj razryadni tashqi zonasida zaryadlangan zarrachalarni oqimini hosil qilishadi. Bunda erkin elektronlar yangi manfiy aeroionlar hosil qilib gazni neytral molekulalariga qo‗shilishadi, birinchi navbatda kislorodnikiga, va, ular ham zaminlangan musbat elektrod tomon harakatlanadilar.Odatda tojlanuvchi elektrod 4-ga manfiy potensial keltiriladi, tashqi (cho‗ktiruvchi) elektrod 5-ga - musbat potensial. Bu xolda aerozol 2-lar cho‗ktiruvchi elektrodga tortiladi. Tojning zonasi nisbatan kichik bo‗lgani uchun 77 ifloslangan gazni asosiy qismi toj 3 va cho‗ktiruvchi elektrod 5 orasidan o‗tadi. SHuning uchun ifloslarni eng ko‗p qismi tashqi elektrodga cho‗kadi. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling