4.4 – rasm. Bilvosita EYOP ning sxemasi
Elektrodlar kuchlanish manbasiga ulangandan so‗ng maxsus mexanizm
yordamida uchlari bir-biriga tutashtiriladi va buning oqibatida elektrodlar zanjirida
tok hosil bo‗lgach, bir-biridan uzoqlashtiriladi va natijada yoy hosil bo‗ladi.
YOyda hosil bo‗lgan issiqlik energiyasi o‗zlashtirilishi hisobiga metallarga issiqlik
ishlovi beriladi yoki eritiladi. Metall eritib bo‗lingach, odirish mexanizmi
yordamida pech odiriladi va eritma maxsus idishlarga to‗kiladi. Pech quvvati
manba tokini va elektrodlarni yaqinlashtirish yoki uzoqlashtirish natijasida yoy
uzunligini o‗zgartirish hisobiga boshqariladi.
Pechning asosiy elektr jihozlarini pech transformatori, boshqarish reaktori va
elektrodlarni uzatish mexanizmining elektr yuritmasi tashkil etadi.
Bilvosita EYOP lari 0,25 t va 0,5 t siimiga ega. Ular mos ravishda quvvati
175 - 250 va 250 - 400 kVA ga teng transformatorlar bilan ta‘minlangan bo‗lib,
bunday pechlarda grafitlashtirilgan elektrodlar qo‗llaniladi.
3.1.2. Bevosita ishlovchi elektr yoy pechlari
Bevosita EYOP lar asosan keyinchalik prokat sexlarida quyma yombi olish uchun
mo‗ljallangan po‗lat eritish uchun belgilangan. SHuningdek, olingan po‗lat
ma‘suloti mashinasozlik zavodlarida fasonli quyish orqali metallurgik xom ashyo
olish uchun ishlatiladi
24
Do'stlaringiz bilan baham: |