1- ma’ruza kirish
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
18-Ma'ruza
Galvanostegiya deb metall buyumni yuqori mexanik mustahkamlik va
korroziyaga bardoshligini oshirish yoki tashqi ko‗rinishini yaxshilash uchun sirtiga elektrokimyo yo‗li bilan metal qoplashga aytiladi. Galvanostegiyaga nikellash, xromlash, mislash, kadmiylash, sirtni sink, qo‗rg‗oshin, ko‗mish, oltin bilan qoplash kabi jarayonlar qaraydi. Katodga qoplangan metall galvanik qoplashda mayda kristal tarkibga ega bo‗lishi kerak, sirtga tekis taqsimlangan, tarkibida bo‗shliqlar yo‗q va asosiy metall bilan mustahkam bog‗langan bo‗lishi kerak. Mexanik mustahkamlik va korroziyaga bardoshlikni oshirish uchun uglerodli po‗lat sirtiga galvanodiffuziya usuli qo‗llaniladi: galvanik qoplama berilgandan keyin issiqlik ishlov beriladi va bu bilan diffuzion qatlam hosil qilinadi. Po‗lat buyumlarni nikel yoki xrom bilan qoplashdan oldin qator xollarda detallarni mislab olinadi, keyin esa nikellanadi yoki xromlanadi. Ba‘zida uch qavatli qoplama xam yaratiladi (mis, nikel, xrom). 53 Bunday qoplamalar buyumlarni 480-500 0 S-gacha qizdirilganda ham oksidlanishdan saqlaydi. Kumushlash va oltinlash – asosan dekorativ maqsadlarda qo‗llaniladi. Oltinlash, kumushlash va mislashda qoplama yaxshiroq yopishishi uchun elektrolitga sian birikmalari qo‗shiladi. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling