Galvanostegiya vannalari. Galvanotexnik qoplash uchun vannalar odatda
po‗latdan tayyorlanadi, tuzli eritma ishlatilsa ularni plastmassa, rezina, ebonit bilan
izolyasiyalanadi yoki kislota va issiqlikka qarshi laklar bilan bo‗yaladi (rasm 6.2).
Katod (K) va anod (A) shinalari izolyator
Rasm 9.2. Galvanostegiya vannani sxemasi.
(I)-larga o‗rnatiladi. Katod shinalariga ilmoqlar o‗rnati-lib, ularga buyumlar osib
qo‗yiladi. Anod shinalari (elektrodlar) katodga qoplanadigan metalldan polosa
shaklida tayyorlanadi. qator xollarda (masalan, xromlashda) qo‗rg‗oshindan eki
qo‗rg‗oshin-surma aralashmadan erimay-digan anod tayyorlanadi. Bu xolda
elektrolitga doim qoplanadigan metall tuzlarini qo‗shib turiladi. Elektroliz
jarayonini tezlashtirish uchun elektrolit isitib turiladi.
Galvanostegiya vannalari odatda o‗zgarmas tok generatorlari yoki yarim
o‗tqazgichli o‗zgartirgichlardan energiya oladi. Elektrodlardagi kuchlanish 6-24V,
tok esa jarayonni parametrlari va ishlov berilayotgan sirtni o‗lchamlariga qarab
rostlanadi. Tokni zichligi 100-1000 A
m
2
-gacha va undan yuqoriroq. Tok zichligini
ko‗paytirilsa elektroliz tezlashadi, ammo qoplamani sifati pasayadi. Anod sirtidan
olinayotgan metallni miqdorini Faradeyni birinchi qonuniga binoan topish
mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |