Rasm- 10.2. Suvga ishlov beradigan ko‘p qutbli elektromagnit apparatning
sxemasi:
1-po‗lat
korpus,
2-elektromagnitlar,
3-latun
gilza,
4-elektromagnit
chulg‗amlarini qisqichlari.
Kesib o‗tish martasi qutblarni juft soniga mos bo‗ladi va besh-etti qabul qilinadi.
Apparatni unumdorligi soatiga 100 m
3
soatiga bo‗lib, energiyani solishtirma sarfi
0,03 kVt
soat
m
3
. Magnit ishlovdan keyin suv cho‗kma qotishma hosil qilishga
qarshi xususiyatlarini bir sutkagacha saqlaydi, keyin bu xususiyatlar yo‗qoladi.
SHuning uchun suvga magnit maydonda ishlov berish davriyligi 6-8 soat bo‗lishi
kerak. Sanoatni ko‗p soxalarida suvga magnit ishlov berish issiq almashuv
apparatlarini davriy tozalash muddatlarini 2 marta uzaytirishga imkon beradi. Suv
kam ishlaydigan korxonalarda suvga magnit maydonda ishlov berish qiymat
turadigan ion-almashuv moddalar bilan kimyoviy ishlovni o‗rnini bosadi. Bu
muximdir, chunki kimyoviy ishlovda murakkab qurilmalar va yuqori malakali
xodimlar kerak bo‗ladi.
Magnitli ishlovdan keyingi suv bilan ekinlar sug‗orilganda, urug‗larga
ekishdan oldin ishlov berilganda, hosildorligini tiklash maqsadida sho‗rlangan
tuproqlar yuvilganda musbat effekt olinganligi to‗g‗risida ma‘lumotlar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |