1- ma’ruza kirish
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
18-Ma'ruza
Rasm 10.1 Lentali elektromagnit separatorni prinsipial sxemasi. 59 U lentali transporter bilan birga tayerlangan. Berilgan maxsulot bunker 1-dan transportyor 2-ni lentasiga beriladi. Transporter asinxron elektrodvigateldan aylanadigan ichi bo‗sh yupqa diamagnit materialdan tayyorlangan baraban 3 tomonidan yurgiziladi. Baraban ichida xarakatlanmaydigan elektromagnit 4 joylashgan. Elektromagnit g‗altagi o‗zgaruvchan tarmog‗iga ulangan yarim o‗tkazgichli to‗g‗rilagichdan o‗zgarmas tok energiyasini oladi. Elektromagnitni ma‘lum xolatda to‗xtatib turish uchun chervyakli mexanizm ko‗zda tutilgan. Maxsulot lenta bilan harakatlanganda elektromagnit ta‘siridagi xududda ferromagnit qo‗shilmalar barabanga tortiladi va transporter lentasida magnit ta‘sir xududidan chiqquncha ushlanib turadi, keyin esa chiqarib tashlash uchun 6-chi o‗zi tashlovchiga tushadi. Lentaga yopishgan mayda metall zarrachalar cho‗tka 7 bilan olib tashlanadi, tozalangan maxsulot esa bunker 5-ga tushadi. Urug‗larni sirtini tarkibi bo‗yicha magnitli separatsiyalashda urug‗lar oldin tayyerlanadi va keyin magnitli baraban ustidan o‗tkaziladi. Oldindan tayyerlash urug‗larni namlash, mayda temir kukun qo‗shish va aralashmani yaxshilab aralashtirishdan iborat. Begona o‗tlarni urug‗larini sirti g‗adir-budur bo‗lganligi tufayli kukunni o‗zlariga olishadi, sirti silliq komponentlar esa olmaydi. Magnit baraban ustidan o‗tkazilganda kukun bilan qoplangan zarrachalar barabanga yopishadi va temir kukuni bilan qoplanmagan, silliq urug‗lar ichidan olib tashlanadi. Magnit bilan tozalash usullari moylovchi-sovituvchi suyuqliklarni tozalash uchun ham keng qo‗llaniladi. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling