1- ma’ruza kirish


Suvga magnit ishlov berish qurilmalari


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/133
Sana05.01.2022
Hajmi1.47 Mb.
#221228
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   133
Bog'liq
18-Ma'ruza

Suvga magnit ishlov berish qurilmalari. 
Suvga  magnit  ishlov  berish 
suvni  fizik  xususiyatlarini  o‗zgartirib,  bu  bilan  issiqlik  almashish  apparatlarini 
qotishmalarini kamaytirish uchun ishlatiladi. Magnit ishlovdan keyin suv kimyoviy 
tarkibini saqlab, sirtqi tortilish, qovushqoqlik, zichlik, elektr o‗tkazuvchanlik kabi 
fizik xususiyatlarini o‗zgartiradi. Natijada suvdagi kalsiy, magniy va boshqa tuzlari 
keyingi isitilishda kamroq miqdorlarda issiqlik almashuvi apparatlarini devorlarga 
yopishadi  va  oqim  bilan  muallax  zarrachalar  -  shlam  tarkibida  chiqib  ketadilar. 
Apparatlarda hosil bo‗lgan cho‗kmalar esa kuchsiz kristall strukturada bo‗lib, idish 
va truba devorlardan oson ko‗chadi. 
 
Magnitli  ishlovdan  keyin  suvni  xususiyatlarini  o‗zgarishi  asosan  suv 
molekulasidagi vodorod aloqalari va tarkibni buzilishi bilan tushuntiriladi. Uzilgan 
vodorod aloqalari 3…4 minutda yana tiklanadilar. 
 
Elektromagnit  induksiyasi  qonuniga  binoan  suvni  magnit  maydonda 
harakatlanishida  tashqi  elektr  maydon  paydo  bo‗ladi,  uning  ta‘sirida  ionlan 
yo‗nalgan harakatga tushishadi, bu esa gidratlanishga ta‘sir qiladi. Demak, suvga 
ishlov  berish  jarayonidagi  asosiy  ta‘sirlar  –  magnit  va  elektr  maydonlar,  ta‘sir 
ob‘ektlari esa – eritilgan moddalarni ionlari va erituvchining molekulalari. 


60 
 
Suvga  magnit  ishlov  berish  apparatlari  murakkab  bo‗lmay,  ko‗p  xollarda 
trubalar  oralig‗iga  montaj  qilinadi.  Ular  ko‗p  qutbli  o‗zgarmas  yoki 
o‗zgaruvchan  tok  lektromagnit  tizimlari  2  bo‗lib  latun  gilza  3  bilan  germetik 
berkiladi.  Suv,  apparatdan  0,2-0,5  (boshqa  ma‘lumotlarga  qaraganda  0,5…1,5) 
m

s tezlik bilan oqib, teskari yo‗nalishdagi magnit maydonlarni kesib o‗tadi. 
 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling