65
suspenziya ko‗rinishida kiritilgan abraziv kukunining donachalari orqali zarbali
ta‘sir qilinadi (11.1 – rasm). Asbob tebranishlari chastotasining yuqoriligi (16 – 30
kGs) va abraziv donachalarining zichligi katta (20 – 100 ming/sm
2
) ekanligi
sababli bunday ultra tovushli ishlov berish ancha samaralidir. Bu jarayonda
abraziv donachalari katta tezlik bilan harakatlanaib ishlov berilayotgan yuzaga
zarb bilan uriladi va natijada jismning mayda zarrachalari ushalib ajralib chiqadi.
Ultra tovushlarning ikkinchi keng qo‗llaniladigan sohasi bu texno-logik
jarayonlarni
jadallashtirishda
foydalanishdir.
Bu
jarayon
ultra
tovush
to‗lqinlarining suyuqliklar harakatidagi turbolentlikni oshirishiga asoslangan.
11.1 – rasm. Ultra tovushli mexanik ishlov beruvchi qurilmaning tuzilishi:
1 – detal, 2 – vanna, 3 – asbob, 4 – akustik tezlik transformatori, 5 – magnit –
stirston o‗zgartgich, 6 – sovutiladigan korpus, 7 – generator, 8 – tirqich, 9 –
abraziv donachalari
Ultra tovush tebranishlari yordamida laboratoriya tahlilini o‗tkazmasdan,
muhit fizik xossalarining ultra tovush ko‗rsatkichlariga bog‗liqligini oldindan
bilgan holda, texnologik jarayonning o‗tishini uzluksiz nazorat qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: