1- ma’ruza kirish
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
18-Ma'ruza
11- MARUZA Metallarni elektr gidravlik usul bilan qayta ishlashning asoslari Reja 11.1.Ultratovush bilan metallarni qayta ishlovchi elektr termik qurilmalar. Elektr toki o‗tkazmaydigan suyuqlik ichiga elektrodlar tushirilib, yuqori kuchlanishli elektr energiya manbaiga ulansa, u holda elektrodlar orasidagi hosil bo‗lgan yuqori kuchlanishli elektr razryad yuqori bosim kuchini yuzaga keltiradi. Bunda impulsli – zarbali to‗lqin energiyasi hisobiga bosim 300 Nm/m 2 ga etadi. Elektrogidravlik qurilmalarning ishlash asosi ana shu fizik hodisaga asoslangan. Elektr razryad natijasida suyuqlik ichida katta bosim kuchini hosil qilish elektr energiyani mexanik energiyaga aylantirishning yana bir usulidir. Bu jarayonining oraliq bosqichlarsiz o‗tishi tufayli FIK yuqori bo‗ladi 11.1 – rasm. Elektrogidravlik qurilmaning prinsipial elektr sxemasi Elektrogidravlik qurilmaning prinsipial elektr sxemasi 10.1 – rasmda tasvirlangan. Kuchlanishni oshiruvchi transformator Tr, to‗g‗rilagich D, energiya jamlovchi sig‗im S, shaklantiruvchi oraliq SHO va razryadli oraliq RO elektrogidravlik ishlov berish qurilmasining asosini tashkil etadi. Suyuqlikka botrib qo‗yilgan ikki elektrod yuqori kuchlanishli (bir necha o‗n kV li) manbaga ulanganida ular orasida uchqun hosil bo‗ladi. Bu jarayonda ko‗p miqdorda bug‗ va gaz ajralib chiqadi va ular uchqun atrofida puffak hosil qiladi. Agar razryadli oraliqqa davomiyligi juda qisqa bo‗lgan tok impulsi berilsa, u holda bug‗ va gazning ajralib chiqishi keskin kamayadi va suyuqlikda esa kuchli zarb to‗lqini paydo bo‗ladi (elektr portlashli ishlov berish). Kondensator S da kuchlanish ishlov berish uchun etarli bo‗lganda (to‗g‗rilagich D orqali zaryadlangan bo‗ladi) Тр Д С ~ ШО РО 64 zaryadsizlanish oldin shaklantiruvchi oraliq SHO va so‗ngra ishchi oraliq RO orqali sodir bo‗ladi. Bunda suyuqlikda tik frontli impuls kengligi qisqa bo‗lgan tok razryadi o‗tadi; razryadning o‗tish vaqti qancha kam bo‗lsa va impuls fronti qancha tik bo‗lsa, u holda suyuqlikda tarqalayotgan zarbali to‗lqin amplitudasi shuncha katta bo‗ladi. SHO uzunligini rostlab, impulsli razryadning amplitudasini va vaqt doimiyligini boshqarish mumkin. Elektrogidravlik qurilmalar shtamplash, cho‗zish, egish, quymani ku-yindi va zangidan tozalash, o‗zaklarni quymadan urib chiqarish, tog‗ jinsla-rini buzish va maydalash va boshqa bir qancha texnologik jarayonlarda qo‗llaniladi. CHang hosil qilinmasdan formovka tuprog‗idan quymani ajratib olish jarayoni suvli vannada amalga oshiriladi (yuqori chastotada impulslar ketma – ketligi hosil qilinadi). O‗ta yuqori zarbali gidravlik bosimlar, kuchli kavitatsion jarayonlarni hosil qilish natijasida yupqa metall listlardan buyumlarni tayyorlashda qo‗laniladi. Suyuqlikda elektrogidravlik zarbadan yuzaga kelgan to‗lqinlar ta‘sirida yupqa material disperslanadi yoki buziladi va natijada uni maydalanadi. To‗lqinning buzish xususiyati razryad konturi ko‗rsatkichlariga bog‗liq, impulslarning energiyasi esa kondensatorga berilayotgan kuchlanishga va sig‗imiga bog‗liq. Har xil mineral moddalarni maydalash uchun maxsus elektrorgidravlik tebratgichlar qo‗llaniladi. Elektrogidravlik qurilmalar elektrodlar bilan razryad kameradan (suv ta‘minoti tizimi, elektrodlarni harakatlantiruvchi mexanizmlari va bosh.), yuqori kuchlanishli impulsli tok generatoridan (jamlovchi –kondensator), elektr o‗zgartkichdan (yuqori kuchlanishli to‗g‗irlagich), ishga tushirish va rostlash qurilmalaridan, avtomatika blokidan va razryadnik R dan iborat . Elektrogidravlik qurilmaning eng asosiy elementlaridan biri- yuqori kuchlanishli kommutator (razryadlovchi). Razryadlovchilar 5 – 100 kV kuchlanishga, 5500 kA maksimal razryadli toka va bir necha yuz kilojoullar (tok impulsining davomiyligi bir necha o‗nlardan 100 va ko‗proq mikrosekundlar bo‗lganida) energiyani kommutatsiyalash uchun mo‗ljallangan. Elektrogidravlik qurilmalarda IKU rusumli impulsli kondensator-lar qo‗llaniladi. Elektrogidravlik qurilmalarning tarkibiy qismlarini o‗zaro birlashtiruvchi o‗tkazgichlar sifatida APV, RK va RKG markali kam induktivli va radiochastotali kabellar ishlatiladi. Sanoatda ultra tovushli qurilmalar uchta asosiy yo‗nalishda qo‗llaniladi: Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling