1- ma’ruza kirish
Qorishma Va Eritmalar Elektrolizi
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
18-Ma'ruza
Qorishma Va Eritmalar Elektrolizi
Elektrolitlardan tok oqishi davomida elektrodlardan modda ajralib chiqish jarayoni, shuningdek, modda zarrachalari tomonidan elektrodlarni o‗zlashtirish yoki yo‗qotish bilan kuzatiladigan elektrodlardagi oksidlanish yoki tiklanish jarayonlari elektroliz deb ataladi. Sanoatda elektroliz asosan metallarni anodda parchalash va parchalangan eritmalarni katodda birlashtirish orqali amalga oshiriladi. Vodorodli normal elektrod potensialiga nisbatan normal potensiali - 1 dan katta bo‗lgan moddalar qorishmalar elektrolizi orqali olinadi (Masalan, mis, rux). Normal potensiali - 1 dan kichik moddalarni bu usulda olish mumkin emas. SHuning uchun bunday moddalar olish uchun, shu metall tuzlari eritmalarining elektrolizidan foydalaniladi. Anodda metallning metall holatidan (Me o ) ion holatiga o‗tishi metalldan elektronlarning ajralishi Me 0 - ne Me n+ (parchalanishi) hisobiga amalga oshadi, bu erda n - birlamchi zaryadlar soni. Katodda ion elektronlarni o‗ziga o‗zlashtirib, metall xolatiga o‗tadi Me n+ +ne Me o (katodni qoplash). Elektroliz vannasidagi kuchlanish 49 U=U 1 +U a +U k + I l (9.7) bu erda : U 1 - moddaning elektrokimyoviy parchalanish kuchlanishi. U a , U k - mos ravishda potensialning anod va katodda tushishi. I - vannadagi tok kuchi; l - elektrodlar o‗rtasidagi masofa; - elektrolit o‗tkazuvchanligi; Elektroliz vannasidagi jarayon elektr energiyasini o‗zlashtirish orqali amalga oshirilsa, bunday vannalar elektrolizerlar deb ataladi. Elektrolizerning prinsipial sxemasi 8.1 - rasmda keltirilgan: Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling