1- ma’ruza Umumjahon san’ati. Ibtidoiy jamoa tasviriy faoliyati


So’ngi Podsholik davrida Misr san’ati


Download 71.48 Kb.
bet19/22
Sana05.01.2022
Hajmi71.48 Kb.
#231207
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
1. Umumjahon san’ati. Ibtidoiy jamoa tasviriy faoliyati

So’ngi Podsholik davrida Misr san’ati

So’ngi Podsholik davrida Misr san’ati o’ta murakkab shart-sharoitlarda va taxlikali davrda rivojlandi. Misr san’ati rivojlandi degan fikr muloxazalarning o’zi noto’g’ri xulosa bo’lishi mumkin. Chunki bu davrda Misr o’zga mamlakatlar tomonidan istilo qilinib, uning san’atiga boshqa xalq va elatlar madaniyati va san’ati o’zaro kirishib uyg’unlashib ketishi kuzatiladi. Bu davrda mamlakat og’ir iqtisodiy tanazzulni boshidan kechirib, turli nasl nasabdagi toifalar bir- biri bilan qirg’in -barot kurashlar olib borardi. Ayniqsa bunga qullar va oddiy xalq tomonidan uyushtirilgan qo’zg’olonlar misrning siyosiy qudratini yanada pasayishiga olib keldi. Misr Nubiya va Suriyani batamom qo’ldan chiqardi. Eramizdan avvalgi 11 asr o’rtalaridan to 10 asrning boshlarida Misrikki mustaqil davlatga bo’lakka bo’linib ketdi.

Eramizdan avvalgi 1050-yilda Shimolda Deltada – Tanis nomarxlari ya’ni XXI-sulolani tashkil qilgan firavnlar egallagan bo’lsa, janubda– Fivada Amon kohinlari joylashib, Misrni boshqardilar.

Misr 10-asr o’rtasidan 8-asr so’ngigacha XXII-XXIV- Liviya firavnligi tomonidan qo’lga kiritilib, ular mamlakatning shimolida Bubastisni poytaxt qilib, markazlashgan davlatni barpo etdilar.

Misr erav. 8-asr oxiri va 7-asrda Nubiyalik epioplar firavnligi xukm surib, ular esa, Fivani yana poytaxt qildilar. Aynan mana shu davr san’atida misr san’ati an’analari Nubiya san’ati bilan uyg’unlashib ketishi xollari kuzatiladi. Masalan, Nubiya poytaxti Napatadagi firavn daxmalarida g’ishtin piramidalar qurilishi rivojlantirilishi buning yaqqol isbotidir.

Er.av. 671-yilda Misr ossuriyaliklar tomonidan qo’lga kiritiladi. Bosqinchilarga qarshi g’arbiy Delta xukmdorlari qarshi kurash olib borib, ular er.av. 663-yilda butun Misr yerlarini egallab, XXVI –Sais firavnligi (663-525) sulolasini tashkil qiladilar.

So’nggi Podsholik davridagi bunday siyosiy notinchlik sabab Misr san’atida xam keskin o’zgarishlar bo’lishiga sabab bo’ldi. Unda turli an’nalar va stillarning aralashuvi yaqqol ko’zga tashlanadi. Bu me’morlikda xam o’z aksini topdi. Mamlakatdagi og’ir siyosiy va iqtisodiy jixatdan inqirozi albatta tasviriy san’atning rivojiga zamin yarata olmadi. Eng og’ir vaqtlarda xam misr musavvirlari uchun dafn etish bilan bog’liq mavzulardagi asarlar uchun buyurtmalar bo’lib turdi. Shu sabab ustaxonlar xam muntazam faoliyat yuritib turdilar.Ular orasida nafaqat texnik usul va qo’llanilishlar bilan balki obrazli masalada xam chuqur ma’noli tugal san’at asarlari dunyoga kelib, ular avvalgi davrga xos san’at asarlaridan kam bo’lmadi albatta. Er.av 11-9- asrlar davomida Fiva xaykaltaroshligida xaykalning ishlanishida o’ta nozik bayramonalik va jozibadorlikka bo’lgan intilish ko’zga tashlanadi. Bunga Liviya malikasi -“Karomama”ning bronzadan ishlangan xaykalchasi (Parij, Luvr) namuna bo’ladi. Bu xaykalga joziba va bayramona ko’rinish baxsh etib turgan narsa malikaning taqinchoqlari bilan libosidagi naqshinkor ornament bo’lib, u nozik tilla iplar bilan tikilganligi xaykaltarosh tomonidan o’ta maxorat bilan yetkazilgan.

Er.av. 8-asr oxiri va 7 -asrning birinchi yarmida efioplar sulolasi davrida badiiy soxada siljish kuzatiladi. Bu siljish dafn uchun mo’ljallangan amaldor va oliy tabaqaga mansublarning portret xaykallarida ko’rish mumkin. Ular o’ziga xosligi va induvidualligi bilan e’tiborlidir. Bunga “Firavn Toxarka” (Erm.)ning bronzadan ishlangan xaykalchasibilan Fiva shaxri xokimi “Mentuemxet” ning qora granitdan ishlangan xaykallari (Koxira muz) dalil bo’ladi. Ushbu ikki xaykalga xos islat – bu eng avval ularning tashqi qiyofasidagi etnik chizgilarning ko’zga tashlanishi bilan birga shaklining maxobatliligi va ko’z ilg’amas detallarga ishlov berishda dekorativlik shuningdek, pisxologik yechimi bilan lol qoldiradi. Shuningdek, bu davrdan yetib kelgan turli tosh, va yog’och va bronzadan yasalgan xaykallarda xar xil ma’buda-masalan, “Ma’buda Bast”ning mushuk qiyofasidagi, “Buqa-Apis” xaykalchalari xam qayd etish joiz. Biroq, bu davrga xos ko’plab portretlarda ko’zga tashlanadigan xususiyat bu texnik jixatdan puxta ishlanganligiga qaramasdan, bu xaykalar obrazli yechimida sovuq va xissizligi bilan ko’zga tashlanadi.11

Er.av 525-yilda Misr fors Axamoniylari tomonidan qo’lga kiritiladi. Butun er.av 5-4-asrlar mobaynida Misr xalqi bu bosqinchilikka qarshi alangali kurashlar olib boradi. Shunga qaramay misr san’ati ma’lum ma’noda o’z rivojini boshidan kechirib, bu davrda yana avvalgi davr kabi realistik portretchilik rivojlantirildi. Bunga er.av 5-asrga xos “Koxin boshi”ning yashil bazaltdan ishlangan byusti namuna bo’ladi.

Er.av 332-yilda Misr Makedoniyalik Aleksandr tomonidan qo’lga kiritiladi. Shunga qaramay misr san’ati yana rivojini boshidan kechirdi. Biroq, misr san’atida endi antik an’analar kuchli ta’siri o’tkaza bordi. Ellin madaniyati va an’analari qanchalik tez singib ketishiga qaramay, misr san’ati baribir o’ziga xos milliy xarakterini yo’qotmadi. Bu shu davrga oid qurilmalar va san’at asarlarida o’z ifodasini topdi.



Download 71.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling