1- ma’ruza Umumjahon san’ati. Ibtidoiy jamoa tasviriy faoliyati
Yangi podsholikning ikkinchi yarmida Misr san’ati
Download 71.48 Kb.
|
1. Umumjahon san’ati. Ibtidoiy jamoa tasviriy faoliyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ramses P maqbarasidir
- Ramses P xaykali”, Ramses P
Yangi podsholikning ikkinchi yarmida Misr san’ati
19 -sulolalar san’ati (er.av. 14- 12 aa) Davlatni 19-sulolalar boshqarishi Misrning yangicha siyosiy- iqtisodiy yuksalish davri bo’ldi. Ramses P va Seti 1 ning jangovar yurishlari Osiyoning bir qismini qaytarib, xettlar bilan bitim tuzilib,Nubiyaga xukmronlikni mustaxamladi. Urushlar natijasida qullar kuchi mexnatidan va turli boyliklardan foydalanish kuchayib, bu esa qurilish ishlarining keng tus olishga imkon yaratdi.Lekin mamlakat ichida go’yoki osoyishtalik xukm surayotgan bo’lsada, firavnlik koxin va quldorlar bilan sekingina kurash olib borar edi. O’zgacha xayot va e’tiqod davom etayotgan edi. XIX sulolalar boshida Fiva me’morlik va tasviriy san’atda yetakchilik qiladi. San’atda barcha tasviriy obrazli ashyolarni shox-fir’avn xukumatini olqishlashga qaratilib va poytaxtdagi qurilmalarning xaddan ziyod baxaybatligi va jimjimador bezalishigaalohida e’tibor berildi.. Karnakdagi Amon ibodatxonasi qurilishi ishlarining avj oldi: Xeremxeba davrida boshlangan gipostil zalining davom ettirilishi va yakunlanib, shuningdek Ramses I va Seti I davrlarida ham va Ramses II davrida tugallandi. Uni qurishda me’morlar Mayya, Iupa va uning o’g’li Xatian ishtirok etdi. Firavn Ramses II davrida Amon ibodatxonasiga qo’shimchalar kiritilib: ikki pilon va kolonnali peshayvonga ega katta qasr va fir’avnning baxaybat haykali. Me’mor Bakenxonsu. Fir’avn Ramses III davrida qurilgan Karnak ansamblidagi – Oy ma’budasi-Xonsuga (bag’ishlangan ibodatxona), ma’buda Mut va Amon ma’budining o’g’liga bag’ishlab qurilgan ushbu ibodatxonalarning umumiy loyixalashuvining yangi podsholikning Amenxotep III davriga xos edi. (Me’mor Xaku o’g’li, Amenxotep). Me’morlar – Seramon va Ramsenaxt. Fiva shahri qarshisida Nilning g’arbiy soxilida qad ko’targan “Ramesseum” deb nom olgan firavn Ramses II maqbara majmuasi me’mor Penra tomonidan qurildi. Firavn Ramses II va uning rafiqasi malika Nefertarini ziyoratiga bag’ishlangan Nilning g’arbiy sohilidagi Madina – Abudagi firavn Ramses III maqbara majmuasi, Abu-Simbel va Nubiyadagi katta va kichik g’or ichiga yo’nilgan ibodatxonalardir. Ushbu ibodatxonalarni g’or yoki qoya ichiga o’yib ishlanishi, pilonsimon fasadlari, kolonnali zali, xovlisi va omborlarini ya’ni bunday bo’laklarni shu davrga xos yer ustida qurilgan ibodatxonalarga o’xshashdir. Bo’rtma tasvirlarda Ramses II ning Osiyo va Nubiya ustidan g’alabasining kuylangan. Ramses P yanada kuchayib borayotgan Fiva koxinlari bilan o’z munosabatini to’g’ridan to’g’ri uzul-kesil xal etmasada baribir ularni kuchsizlantirishga xarakat qilar edi. Fiva shaxrini Misrning poytaxti qilishga shunchaki urunsada, Amon ibodatxonasini kengaytirib, o’z sulola maqbara –daxmasini Fivada qoldiradi. Ramses P o’z poytaxtini o’z ota bobolari yashagan Tanisga ko’chiradi uni “Per-Ramses”ya’ni “Ramses uyi”degan ma’noni anglatadi. Bu shaxarning qad ko’tarishi uni Suriya bilan yaqinlashtirib, uning jangovar-strategik axvolini xar tomonlama qulay bo’lishiga imkon yaratdi. 19-sulolalar san’atida yetakchilik avval boshdan Fiva shaxri bo’lib, bunga Fivaning poytaxt shaxar bo’lgani bo’lsa, aynan bu shaxarda ilk bora badiiy maktabitga ega bo’lishi uning atrofida san’atning rivojiga zamin yaratib berdi.19-sulolalar san’atining dastlabki davrida Fiva amarna davri san’atiga bo’lgan an’anaviy san’atga qaytish kuzatiladi. 19- sulolalar shoxi o’z oldida mamlakatni ichki barqarorligini saqlash va mustaxkam davlat qilishni maqsad qilib, shuningdek, uning xalqaro obro’sini xam oshirishga xarakat qildi. Firavnlar bunday siyosatni muvaffaqiyatli olib borishda urf-odat va marosimlarni o’tkazish bilan birga, Misrning iqtisodiy va xarbiy qudratini oshirishga o’z poytaxtlariga xaddan ziyod e’tibor qaratib, o’z maqbara, daxma va ibodatxonalarini serxasham va dabdabador bo’lishiga axamiyat qaratdilar. Bunday hislatlar esa shu davr san’atida o’z muhrini qoldirdi. 9 Misr tarixida 19-sulolalarning boshi firavn Ramses P bilan boshlanadi. Bu davr san’ati xam o’ziga xos aloxida e’tiborga molik davrlardandir. Bu davrda arxitektura, maxobatli xaykaltaroshlik, bo’rtma va amaliy san’at rivojlandi. Bu davrning ajoyib me’moriy obidalaridan Abu Simbeldagi firavn Ramses P maqbarasidir. Misr me’morligi rivojida uchinchi tur: butunlay qoyaga yo’nib ishlangan maqbara-daxmasi xisoblanadi.Uning kirish portalida Ramsesning o’tirgan xolatdagi baxaybat koloss xaykallari qad ko’tarib turadi va o’ziga xos salobat baxsh etadi. Bu maqbara Nil bo’yida joylashgani uchun yemirilib borishi shu davr olimlarining diqqat markazida. 20 asr o’rtasida uni ko’chirish ishlari bo’lib o’tgan. Ramses P davri san’atida o’tgan misr san’atidagi an’ana va konun-qoidalalar qayta yo’lga qo’yildi. Bu davrda Osiris xudosiga e’tiqod qilish san’atda o’z ifodasini topdi. Bu davrning nodir san’at asarlaridan - “Ramses P xaykali”, Ramses P daxmasi kirish qismidagi “ To’rt ma’bud maxobatli xaykali” va b. Ramses Pning maqbarasi ichki makonida xam devorga ishlangan bo’rtma va rangli tasvirlar e’tiborni tortadi. Ularning syujeti asosan firavning keyingi xayotidagi sarguzashtlari ifodalangan. Download 71.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling