1- ma’ruza Umumjahon san’ati. Ibtidoiy jamoa tasviriy faoliyati
Amenxotep - IV vorislari davrida san’at
Download 71.48 Kb.
|
1. Umumjahon san’ati. Ibtidoiy jamoa tasviriy faoliyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xereba vazasi
Amenxotep - IV vorislari davrida san’at
(14 a. 2-chor. va o’rt.) Smenxkara, Tutanxamon, Eyya, Xeremxebalar -18 sulolalar oxiri,. Exnatonga qarshi koxin va amaldorlarning diniy-sosial isloxat uchun olib borilgan kurashi va bu kurashlarda ularning g’alabasi bilan yakunlanadi. Tutanxamon davrida Fiva yana avvalgidek poytaxt shaharga aylanadi. U bilan birga butun saroy axlining qaytadi. Butun Misrdagi eski ma’budlarga bag’ishlangan ibodatxonalarni qayta tiklash va ularga e’tiqod qilish yana yo’lga qo’yildi. Ayniqsa bunday jarayon Amenxotep Ivning to’rtinchi nabirasi Xeremxebe davrida avjiga chiqdi. Axeteton shahrining butunlay vayronaga aylanadi. Fivada qurilish ishlari adal tus ining avj oladi. Bu davrda Karnakdagi Amon ibodatxonasida qayta qurish ishlari avj oldi. Exnaton avlodlari—Smenxkara, Tutanxamon va Eyyalar xukmronligi haqida bizgacha ma’lumot va dalillar xaddan ziyod yetarlicha emas. Ular qisqa vaqt davlatni idora qilishi sabab me’morchilik va haykaltaroshlik san’ati nodir namunalari kamyobdir. Ba’zi nodir yodgorliklarni bir fir’avndan ikkinchi fir’avnga meros qolishi xam tabiiy xol bo’ldi. Tutanxamon, Eyya va Xaramxeba davrida - Mayya taniqli va e’tiborli me’mor sifatida ijod qildi. Tutanxamon davrida Luqsordagi devorning har tarafida tantanavor kalonnadalar quriladi. Xaramxeba davrida Karnakdagi baxaybat gipostil zalning bo’lak qismlari qurilishi bu davrga xos. Amarna davridan keyin Fiva san’atidagi stilistik o’ziga xos o’zgarishlar- butun XVIII-sulolalar va Axetaton san’ati elementlarining uyg’unlashuvi kuzatildi: Loyixalashuvining puxtaligi, xajmdorligi, plastik jihatdan mayinligi; yorug’-soyani e’tiborga olgan holda sokin ornamental-dekorativ, va mayda detallarga ishlov berilishi. Inkrustasiya va bo’yashdan unumli foydalanish “Smenxkara” haykali; Me’mor Mayya va uning rafiqasi,“Meritaton” haykali, Tutanxamon maqbarasidan topilgan “kolos” ya’ni bahaybat haykal; Tutanxamonning mumiyolangan yuzidan (niqob) olingan oltin niqob va 3 “sarkofag”dan olingan haykal niqoblar; Tutanxamonning yog’ochdan ishlangan haykallari: Malika Meritatonning va Anxisenamonning yog’ochdan ishlangan oltin suvi yurgizilgan ma’buda timsolidagi to’rt haykallar Tutanxamonnning Fiva nekropolidagi maqbarasidan topilgan. Fiva shahri xokimi Amenemxeba o’z oilasi va onasi bilan tasvirlangan haykaltaroshlik guruhi. (Leningrad. Erm.). Fiva rasmiy bo’rtma san’atida shakl va siluet talqinida mayin –plastik egiluvchan usulning qo’llanilishi bilan e’tiborni tortadi. Masalan, Eyya-Nil ma’budasi timsolida - Eyya taxtiravonidagi bo’rtma misol bo’ladi. Bunday usulni fivalik shox va amaldorlar sog’anasi bo’rtma va suratlarda kuchli aks etadi.(Masalan, Setara stelasi-Leningrad.Erm.), jang va ov qilish sahnalari- “Tutanxamon va Anxisenamon” – fil suyagidan ishlangan bo’rtma tasviri, “Tutanxamon va Anxisenamon”- Tutanxamonning tantanavor taxtiravoni suyanchig’iga ishlangan kompozisiya- barchasi Tutanxamonning Fiva nekroli sozanasidan.8 Ulardagi bezakdorlik, rang-baranglik, jimjimadorlikni sekin-asta kuchaya bordi. Bundan tashqari bo’rtma kompozisiyalarda oltin, kumush, shisha va qimmatbaho toshlarni qo’llash. Memfis bo’rtmalaridagi qisqa muddat shunga o’xshash chizgilar ko’zga tashlanadi. (“Xeremxeba ma’budalari bilan”, “Xeremxebani mukofatlash”, “Jangchi va asirlar”, “Chavandoz”, “Asirga tushgan qoratanlilar”- barchasi Xeremxeba sog’anasida. “Yig’layotganlar”-Memfisdagi qabrdan, (Moskva.) Exnaton avlodlari davridagi (saroyda ishlatilgan buyumlarda) badiiy xunarmandchilik o’zining o’ta jozibadorligi, bezakka boyligi va rang-barangligi bilan diqqatga sazovordir. Nilufar guli shaklidagi yorliq ,yoritgich, uzuklar,bilakuzuk, bo’yinga osadigan taqinchoqlar barchasi Fiva nekropolidagi Tutanxamon maqbarasida: Xereba vazasi-(Leningrad.Erm).
Download 71.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling