1- ma’ruza Umumjahon san’ati. Ibtidoiy jamoa tasviriy faoliyati
Yangi podsholikning 2-yarmi haykaltaroshligi
Download 71.48 Kb.
|
1. Umumjahon san’ati. Ibtidoiy jamoa tasviriy faoliyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yasama soch kiygan erkak boshi
Yangi podsholikning 2-yarmi haykaltaroshligi. Bu davr haykaltaroshligidagi ba’zi o’ziga xosliklar: ta’sirli portret tafsilotlar bayramonalik bilan qiyoslanishi, shuningdek plastik ritmga boyligi, ayniqsa yasama sochlar, kiyimdagi burmalar va maydag’chuydalarga e’tibor berilishi bilan e’tiborlidir. “Yasama soch kiygan erkak boshi” Budapesht, Karnakdan topilgan “xattot Xapi” haykalchasi. Aslzodalar dekorativ talqindagi soxta yaltiroqlik, ammo ichki olamidagi sovuqqonlik va individual haykallarda fir’avn obrazini ilgari surishdagi ba’zi o’zgarishlar: umumiy xajmining kattalashuvi, jismoniy kuchni bo’rttirilishi, tashqi qiyofasidagi arxaizasiyaning kuchayishi ko’zga tashlanadi. Masalan, Ramses II ning 4 baxaybat (kolossal) haykali-Abu –Simbaldagi katta ibodatxona fasadida Karnak va Luqsordagi Amon ibodatxonasidagi Ramses II “kolosslari” va Ramsseumdagi “osirischa” haykallari.
Yangi podsholikning 2-yarmi qasr va ibodatxonalardagi rasmiy bo’rtma san’atida- fir’avn obrazini qudratli davlatning raxnamosi va zafar quchgan ko’mondon yoki ovchi yoki o’zga xalqlarni mag’lub etuvchi shaxs sifatida kuylanib va ular xaddan xiyod bo’rttirilgan. Masalan, Karnakdagi Omon ibodatxonasidagi “Aravadagi Seti I”; Abidosdagi Seti I ibodatxonasidagi –“Seti I va o’g’li ovda” bo’rtmasi ; (Ramses III) “Yovvoyi buqalarni ov qilayotgan Ramses”- Madina-Abudagi ibodatxona piloniga ishlangan. Bu davr bo’rtmalarida 18-sulolalar san’atiga xos stilistik chizgilari aks etishi: Masalan, Abidosdagi Seti I ibodatxonasi bo’rtmasi- “Seti I ma’bud Osiris va Ptax bilan” bo’rtmasida –ingichka-nozik siluetlarning mayin oxangda va mayin-dekorativ plastik ishlov berish va xokazolar - Madina –abudagi Ramses III ibodatxonasi bo’rtmalarida aks etadi.10 Shox maqbaralari devoriy suratlardagi – Yangi podsholikning 1-yarmiga xos talqin qoldiqlari saqlanadi. Masalan, Ramses II ning xotini Nefertari maqbarasi suratlari. (Fiva nekropolida). Fiva nekropoli ba’zi maqbaralaridagi suratlari kompozisiyalaridagi rangtasvirga xos usullari, mazmun jihatdan hikoyanavisligi – koxin Xatian qabri devoridagi “baliq yoki qush ovi”; Sennadjema qabri devoridagi – “ekin-ekish ishlari”, haykaltarosh Ipui qabridagi “baliqchalar” va “dalani sug’orish”, Userxta maqbarasidagi – koxin Userxt oilasi bilan. Fiva nekropoli ishchilari qabrlari devoriy suratlari o’lganlarning mashg’uloti to’g’risida xikoya qiladi: undagi tekislikda tasvirni yetkazishdagi qoidagidek shartli- dekorativ usulga rioya qilinishi, personajlar xolat va xatti-xarakatidagi xilma-xillik va ranglar o’yinining jarangdorligi.tosh bo’laklardagi suratlar chizmatasvir qoralamalardagi chizmalardagi erkin harakat va moxirona yetkazishning ko’zga tashlanadi: Firavnning yon tomondan tasvirlanishi, “Suzayotgan qiz”, “Lyut chalayotgan qiz”. Download 71.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling