1-§. Mavzu: Geografiya nimani o`rganadi
Download 1.05 Mb.
|
5- sinf konspekt qayta ishlangan
VIII. Yangi mavzu: Qisqach mazmuni:
Yer po`sti yuza qismidagi tog` jinslarining g`ovak, bo`shliq va yoriqlardagi suvlar yer osti suvlari deyiladi. Yer osti suvlari hosil bo`lishi uchun quruqlikka yetarli miqdorda yog`in (qor, yomg`ir) yog`ib turishi va yuzadagi tog` jinslari suvni chuqur o`tkazib yuboradigan darajada g`ovak bo`lishi zarur. Suvning yer tez yoki sekin shimilishi tog` jinslarining g`ovaklik darajasi-ga bog`liq. Masalan, shag`al, qum suvni yaxshi o`tkazadi. Shuning uchun shag`al, yirik qum, qum suvni o`tkazuvchi jinslar deyiladi. Granit, ohaktosh, qumtosh, gil singari jinslar suvni yaxshi o`tkazmaydi. Shunga ko`ra ular suvni o`tkazmaydigan jinslar deb ataladi. Yer po`stining yuza qismidagi tog` jinslari qatlam – qatlam bo`lib yotganligidan yer osti suvlari ham qatlamlar hosil qiladi. G`ovaklikda suv bo`lgan qatlamlar suvli qatlam deyiladi. Ikkita suv o`tkazmaydigan qatlam orasida joylashgan suvli qatlam suvi qatlamlar orasidagi suv deb ataladi. Bu qatlamga suv maskur qatlam yer yuzasiga chiqqan joylardan kira-di. Agar tog` jinslari qatlamlari tovoq shaklida bo`lsa, yer osti suvlari bosimli bo`ladi. Bunday joylarda burg` qudug`idan suv favvora hosil qilib, otilib chiqadi. Bunday quduqlar artizian quduqlari deyiladi. Yer yuzidagi g`ovak jinslar orasidagi suvlar grund suvi deb ataladi. Grund suvlari sathi qish va bahorda qor erib, yomg`ir ko`p yog`ib turganligi sababli yuqori bo`ladi. Yozda, kuz boshida esa pasayib qoladi. Grund suvlari tog` jinslaridagi g`ovaklar orqali past tomonga asta – sekin siljiydi (oqa-di). Ular jarlarda, daryo vodiylarida, pastliklarda yer yuziga chiqib, buloqlarni hosil qiladi. H ozirgi vaqtda, qishloqlarda, ayniqsa, cho`llarda juda ko`p quduqlar qazilgan. Ular-ning suvi aholi, sanoat korxonalari va qishloq xo`jaliklari ehtiyojlariga sarflnadi. Yer osti suvlari miqdori chegaralangan. Shuning uchun ularni tejab, isrof qilmasdan sarflashimiz kerak. Dunyoning ayrim joylarida tarkibida turli tuzlar, gazlar va boshqa mineral moddalar erigan yer osti suvlari mavjud. Ular mineral suvlar deyiladi. Bunday suvlardan esa turli kasalliklarni davolash uchun foydalaniladi. Turli sanatoriylar va kurortlar aynan shunday buloqlar yoniga quriladi. O`zbekistonda sifobaxsh suvlar ko`p. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling